5.38 yoʻl belgisi «Turar-joy dahasi»

5.38 belgisi nimani anglatadi
Yoʻl harakati qoidalarining turar joy dahalarida harakatlanish tartibi amal qiladigan hudud boshlanganini bildiradi.
Qayerda oʻrnatiladi
Turar joy dahasiga kirish joylarida oʻrnatiladi; oxiriga 5.39 qoʻyiladi.
Haydovchi nima qilishi kerak
- Turar joy dahasida piyodalar qatnov qismida ham yurishi mumkin va ularga nisbatan imtiyozga ega — haydovchi ularga yoʻl beradi.
- Turar joy dahasida mexanik transport vositalarini boshqarishni oʻrgatish, dvigateli ishlab turgan holda toʻxtab turish, shuningdek ruxsat etilgan toʻliq vazni 3,5 tonnadan ortiq yuk avtomobillarining maxsus ajratilgan, yoʻl belgilari va (yoki) yoʻl chiziqlari bilan belgilangan joylardan tashqarida toʻxtab turishi taqiqlanadi (YHQ 124-band).
- Dahadan chiqayotgan haydovchi boshqa barcha yoʻl harakati ishtirokchilariga yoʻl berishi kerak.
- Tezlik soatiga 20 km dan oshmasligi kerak.
Shu belgiga oid test savollari
Trenajyorda shu belgiga bogʻliq savollar bor.
Piyodalar turar joy dahasida qayerda harakatlanishlari mumkin?
Toʻgʻri javob: Tratuarda, hamda qatnov qismida
10-bilet, 7-savolni ochishQuyidagi holatda haydovchi piyodalarga yoʻl berishi lozimmi?
Toʻgʻri javob: Ha
17-bilet, 13-savolni ochishTurar joy dahalarida piyodalar yoʻlning qaysi qismida harakatlanishlari kerak?
Toʻgʻri javob: Trotuardan yoki qatnov qismidan
24-bilet, 14-savolni ochishQaysi avtomobil haydovchisi yoʻl berishi kerak?
Toʻgʻri javob: Koʻk avtomobil haydovchisi
54-bilet, 15-savolni ochish





