63-bilet: YHQ test savollari va javoblari

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

63-biletni onlayn yechish

Mashq bazasidagi 63-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.

1-savol. Koʻrsatilgan joyda sariq avtomobilga toʻxtashga ruxsat etiladimi?

Koʻrsatilgan joyda sariq avtomobilga toʻxtashga ruxsat etiladimi?
  1. Taqiqlanadi
  2. Ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Ruxsat etiladi

YHQga 1-ILOVA 5.22 bandi va YHQning 13-bob. 88-band 1-xatboshiga asosan: 5.22. «Aholi punktining boshlanishi». Ushbu Qoidalarning aholi punktlarida harakatlanish tartibini belgilovchi talablariga amal qilinadigan joylarning nomi hamda uning boshlanishini bildiradi.
Aholi punktlarida oʻrtada tramvay yoʻli boʻlmagan, har yoʻnalishda bittadan tasmasi boʻlgan, shuningdek bir tomonlama harakat tashkil etilgan yoʻllarda yoʻlning chap tomonida toʻxtash va toʻxtab turishga ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

2-savol. Qayrilib olish taqiqlangan?

Qayrilib olish taqiqlangan?
  1. Faqat 2-yoʻnalish boʻyicha
  2. Har ikki yoʻnalish boʻyicha
  3. Faqat 1-yoʻnalish boʻyicha
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Har ikki yoʻnalish boʻyicha

YHQga 1-ILOVA 3.19-bandi va 49-xatboshiga asosan: 3.19. «Qayrilish taqiqlangan».
3.18.1 va 3.18.2 belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga oʻrnatilsa, shu kesishmaga tatbiq etiladi.
3.19 belgisi 3.18.1 va 3.18.2 belgilari kabi faqat qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga oʻrnatilsa, shu kesishmaga tatbiq etilmasdan, butun chorrahaga taʼsir qiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

3-savol. Koʻrsatilgan vaziyatda yashil avtomobil qaysi tomondan aylanib oʻtadi?

Koʻrsatilgan vaziyatda yashil avtomobil qaysi tomondan aylanib oʻtadi?
  1. Har ikki tomonidan ruxsat etiladi
  2. Oʻng tomonidan
  3. Chap tomonidan
  4. Har ikki tomonidan taqiqlanadi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Oʻng tomonidan

YHQga 2-ILOVA 1.3 bandi va 44-xatboshi hamda YHQning 11-bob. 77-band 3-xatboshiga asosan: 1.3 — toʻrt va undan ortiq harakatlanish boʻlagi boʻlgan yoʻllarda qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport vositalari oqimini ajratadi.
1.1 va 1.3 chiziqlarini bosib oʻtish taqiqlanadi, qatnov qismining chetini bildirish uchun qoʻllanilgan 1.1 chizigʻi bundan mustasno.
Haydovchi transport vositasini boshqarish paytida aniqlay olishi mumkin boʻlgan xavf yuzaga kelsa, u transport vositasining tezligini toʻliq toʻxtashni taʼminlaydigan darajada kamaytirishi yoki toʻsiqni boshqa harakat ishtirokchilari uchun xavf tugʻdirmagan holda aylanib oʻtish choralarini koʻrishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

4-savol. Qaysi rasmdagi avtomobil haydovchisi qoidani buzmay buriladi?

Qaysi rasmdagi avtomobil haydovchisi qoidani buzmay buriladi?
  1. 2-rasmda
  2. Har ikki haydovchi buzadi
  3. Har ikki haydovchi buzmaydi
  4. 1-rasmda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. 1-rasmda

YHQning 22-bob. 132-bandi 2 va 3 - xatboshiga asosan: Agar 5.9 yoʻl belgisi bilan belgilangan tasma qatnov qismining boshqa tasmalardan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan boʻlsa, burilmoqchi boʻlayotgan transport vositalari bu tasmaga qayta tizilishlari kerak.
Shuningdek, bunday joylarda yoʻnalishli transport vositalarining harakatiga xalaqit bermaslik sharti bilan yoʻlga chiqish, qatnov qismining chetki oʻng tomonida yoʻlovchilarni chiqarish va tushirish uchun bu boʻlakka oʻtishga ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

5-savol. Qizil avtomobil chorrahani kesib oʻtadi:

Qizil avtomobil chorrahani kesib oʻtadi:
  1. Birinchi boʻlib
  2. Uchinchi boʻlib
  3. Ikkinchi boʻlib
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Ikkinchi boʻlib

YHQning 16-bob. 104-band, 105-band 1-xatboshi va 106-bandiga asosan: 104. Teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, yoʻl berishi kerak.
Bunday chorrahalarda tramvay harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, teng ahamiyatli yoʻlda bir yoʻnalishda yoki qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega.
105. Teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham oʻzaro amal qilishlari kerak.
106. Asosiy yoʻlning yoʻnalishi chorrahada oʻzgarganda, asosiy yoʻlda harakatlanayotgan haydovchilar oʻzaro teng ahamiyatli yoʻllar chorrahasidan oʻtish qoidalariga amal qilishlari kerak.
Ikkinchi darajali yoʻllarda harakatlanayotgan haydovchilar ham oʻzaro shu qoidaga amal qilishlari kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

6-savol. Qaysi transport vositasiga koʻrsatilgan yoʻnalishlarda qayrilib olishga ruxsat etilgan?

Qaysi transport vositasiga koʻrsatilgan yoʻnalishlarda qayrilib olishga ruxsat etilgan?
  1. Sariq avtomobilga
  2. Har ikkisiga taqiqlangan
  3. Har ikkisiga ruxsat etilgan
  4. Qora avtomobilga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. Qora avtomobilga

YHQga 1-ILOVA 5.8.2 bandi va 5. Axborot-koʻrsatkich belgilarining 11-xatboshiga asosan: 5.8.2. «Tasma boʻyicha harakatlanish yoʻnalishi». Tasma boʻyicha ruxsat etilgan harakatlanish yoʻnalishi. Boshqa yoʻnalishlar boʻyicha harakatlanish taqiqlanadi.
Yoʻlning chetki chap boʻlagidan chapga burilishga ruxsat beruvchi 5.8.1 va 5.8.2 belgilari shu tasmadan qayrilishga ham ruxsat beradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

7-savol. Qaysi rasmdagi piyoda qatnov qismini qoidani buzgan holda kesib oʻtadi?

Qaysi rasmdagi piyoda qatnov qismini qoidani buzgan holda kesib oʻtadi?
  1. Uchinchi rasmda
  2. Ikkinchi rasmda
  3. Ikkinchi va uchinchi rasmlarda
  4. Uchinchi va toʻrtinchi rasmlarda
  5. Ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi rasmlarda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Uchinchi rasmda

YHQning 4-bob. 17-bandiga asosan: 17. Piyodalar yoʻlning qatnov qismini piyodalar oʻtish joylaridan, shuningdek, yer osti va yer usti oʻtish joylaridan, ular boʻlmaganda esa chorrahalarda trotuar chiziqlari yoki yoʻl yoqasi boʻylab kesib oʻtishlari kerak.
Piyodalarga koʻrinadigan oraliqda oʻtish joyi yoki chorraha boʻlmasa, ajratuvchi mintaqasiz va toʻsiqsiz yoʻllardan yoʻlning ikki tomoni yaxshi koʻrinadigan joyidan, qatnov qismining chetiga nisbatan toʻgʻri burchak ostida kesib oʻtish ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 3-dars «Piyodalarning vazifalari» →

8-savol. Bu joyda toʻxtashga ruxsat etilganmi?

Bu joyda toʻxtashga ruxsat etilganmi?
  1. Taqiqlangan
  2. Ruxsat etilgan
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Taqiqlangan

YHQga 2-ILOVA 1.4 bandiga asosan: 1.4 — toʻxtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 «Toʻxtash taqiqlangan» yoʻl belgisi bilan qoʻllaniladi hamda yoʻlning qatnov qismi chetiga yoki yoʻl chetidagi toʻsiq ustidan chiziladi (xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli boʻyoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno).

Mavzu boʻyicha videodars: 19-dars «Yotiq chiziqlar» →

9-savol. Qaysi rasmda haydovchi belgi talabini buzmay toʻxtadi?

Qaysi rasmda haydovchi belgi talabini buzmay toʻxtadi?
  1. Ikkala rasmda
  2. Faqat 2-rasmda
  3. Faqat 1-rasmda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Ikkala rasmda

YHQga 1-ILOVA 2.5 bandiga asosan: 2.5. «Toʻxtamasdan harakatlanish taqiqlangan». Toʻxtash chizigʻi oldida, agar u boʻlmasa, kesib oʻtiladigan qatnov qismining chetida toʻxtamasdan harakatlanish taqiqlanadi. Haydovchi kesib oʻtilayotgan yoʻldan, 7.13 qoʻshimcha-axborot belgisi boʻlganda esa asosiy yoʻldan harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerak.
Bu belgi temir yoʻl kesishmasi yoki karantin maskanidan oldin oʻrnatilishi mumkin. Bunday hollarda haydovchi toʻxtash chizigʻi oldida, u boʻlmasa, belgi oldida toʻxtashi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

10-savol. Qaysi transport vositasining haydovchisi yoʻnaltirgich boʻyicha burilayotib qoidani buzadi?

Qaysi transport vositasining haydovchisi yoʻnaltirgich boʻyicha burilayotib qoidani buzadi?
  1. Qizil avtomobil haydovchisi
  2. Koʻk avtomobil haydovchisi
  3. Har ikki haydovchi buzadi
  4. Har ikki haydovchi buzmaydi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Koʻk avtomobil haydovchisi

YHQning 9-bob. 56-band 1-xatboshi va 57-band 2-xatboshi hamda YHQning 11-bob. 77-band 3-xatboshiga asosan: 56. Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi oʻngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yoʻnalishda harakatlanishi uchun moʻljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart.
Oʻngga burilishda transport vositasi iloji boricha qatnov qismining oʻng chetiga yaqinroqda harakatlanishi kerak.
Haydovchi transport vositasini boshqarish paytida aniqlay olishi mumkin boʻlgan xavf yuzaga kelsa, u transport vositasining tezligini toʻliq toʻxtashni taʼminlaydigan darajada kamaytirishi yoki toʻsiqni boshqa harakat ishtirokchilari uchun xavf tugʻdirmagan holda aylanib oʻtish choralarini koʻrishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

11-savol. Ushbu taniqlik belgilaridan qaysi biri haydovchining xohishiga koʻra oʻrnatiladi?

Ushbu taniqlik belgilaridan qaysi biri haydovchining xohishiga koʻra oʻrnatiladi?
  1. Faqat 3
  2. Faqat 2
  3. 2 va 3
  4. Barchasi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. Barchasi

YHQning 29-bob. 176-band 13, 14, 15 va 16-xatboshilariga asosan: Haydovchining xohishiga koʻra taniqlik belgilari oʻrnatilgan boʻlishi mumkin:
«Shifokor» — shifokor-haydovchilar boshqarayotgan transport vositalarining old va orqa tomonlarida — tomonlari 140 millimetr boʻlgan, koʻk rangli, ichida diametri 125 millimetrli oq doiraga balandligi 90 millimetr, chizigʻining kengligi 25 millimetr boʻlgan qizil xoch tushirilgan kvadrat koʻrinishidagi belgi;
«Nogironligi boʻlgan shaxs» — birinchi yoki ikkinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxs boshqarayotgan, shuningdek, nogironligi boʻlgan shaxslarni yoki nogironligi boʻlgan bolalarni tashiyotgan transport vositalarining old va orqa tomonlarida — barcha tomonlari 150 millimetrdan boʻlgan va ichiga 7.17 yoʻl belgisining qora rangli timsoli tushirilgan sariq rangli kvadrat koʻrinishidagi belgi;
«Haydovchilikni endi boshlagan» — «Haydovchilik malakasi yetarli boʻlmagan» haydovchilik staji 2 yildan kam boʻlgan haydovchilar boshqarayotgan mexanik transport vositalarining (traktorlar, oʻziyurar mashinalar, mototsikl, elektromototsikllar, mopedlar va skuterlardan, shuningdek, kichik hajmdagi mototransport vositalaridan tashqari) orqasida — ichiga qora rangli 110 millimetr balandlikdagi «!» belgisining tasviri tushirilgan, sariq rangli, tomonlari 150 millimetr boʻlgan kvadrat koʻrinishidagi belgi.

Mavzu boʻyicha videodars: 40-dars «Harakat xavfsizligi asoslari» →

12-savol. Ushbu transport vositasiga sidirgʻa chiziqni bosib oʻtib, yoʻl yoqasida toʻxtashga ruxsat beriladimi?

Ushbu transport vositasiga sidirgʻa chiziqni bosib oʻtib, yoʻl yoqasida toʻxtashga ruxsat beriladimi?
  1. Faqat aholi punktlarida ruxsat beriladi
  2. Ruxsat etiladi
  3. Faqat majburiy toʻxtash holatida ruxsat etiladi
  4. Taqiqlanadi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Ruxsat etiladi

YHQga 2-ILOVA 1.1 bandi va 44-xatboshiga asosan: 1.1 — qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yoʻlning xavfli joylaridagi harakatlanish boʻlagi chegarasini va velosipedchilar uchun boʻlagining chegarasini bildiradi; yoʻlning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi; transport vositalarining toʻxtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yoʻlning qatnov qismi chegarasini bildiradi. 1.1 va 1.3 chiziqlarini bosib oʻtish taqiqlanadi, qatnov qismining chetini bildirish uchun qoʻllanilgan 1.1 chiziq bundan mustasno.

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

13-savol. Oʻzbekiston Respublikasi «Yoʻl harakati toʻgʻrisida»gi Qonunining asosiy maqsadi nimadan iborat?

  1. Yoʻl harakati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat
  2. Avtotransport vositasi oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berishdan iborat
  3. Transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazishdan iborat
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Yoʻl harakati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat

Oʻzbekiston Respublikasi «Yoʻl harakati toʻgʻrisida»gi Qonunining 1-moddasiga asosan: Ushbu Qonunning maqsadi yoʻl harakati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Mavzu boʻyicha videodars: 1-dars «Umumiy qoidalar va atamalar» →

14-savol. Haydovchiga koʻprikda turgan yoʻlovchini chiqarish uchun orqaga harakatlanishga ruxsat etiladimi?

Haydovchiga koʻprikda turgan yoʻlovchini chiqarish uchun orqaga harakatlanishga ruxsat etiladimi?
  1. Ruxsat etiladi.
  2. Agar boshqa yoʻl harakati qatnashchilariga xalaqit bermasa, ruxsat etiladi.
  3. Taqiqlanadi.
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Taqiqlanadi.

YHQ 9-bobi 62- va 63-bandlariga muvofiq, orqaga harakatlanish chorrahalarda va ushbu Qoidalarning 62-bandiga muvofiq qayrilib olish mumkin boʻlmagan joylarda taqiqlanadi. Koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar, estakadalar va ularning ostida — qayrilib olish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →

15-savol. Yoʻlning ushbu qismida yoʻlovchini chiqarish uchun haydovchining orqa bilan harakatlanishiga ruxsat etiladimi?

Yoʻlning ushbu qismida yoʻlovchini chiqarish uchun haydovchining orqa bilan harakatlanishiga ruxsat etiladimi?
  1. Agar haydovchi yoʻnalishsiz yengil taksi boshqarayotgan boʻlsa, ruxsat etiladi.
  2. Taqiqlanadi.
  3. Ruxsat etiladi.
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Ruxsat etiladi.

YHQ 1-ilovasining 4-boʻlimi 4.1.1 «Harakatlanish toʻgʻriga» belgisiga muvofiq, ushbu belgining taʼsir oraligʻida faqat yoʻnaltirgich buyurgan tomonga harakatlanishga ruxsat etiladi. 4.1.1 belgisi yoʻlning qismi boshlanishiga oʻrnatilsa, unga yaqin chorrahagacha amal qilinadi. Agar chorraha chegarasi ichida boʻlmasa, bu belgi orqa bilan harakatlanishni taqiqlamaydi. Bu joyda yoʻlovchini oldiga orqa bilan harakatlanib kelish mumkin.

Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →

16-savol. Qizil avtomobil haydovchisi qoidani buzib harakatlanmoqdami?

Qizil avtomobil haydovchisi qoidani buzib harakatlanmoqdami?
  1. Buzmadi
  2. Buzdi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Buzdi

YHQning 10-bob. 70-bandiga asosan: 70. Agar qatnov qismi yoʻl chiziqlari bilan tasmalarga ajratilgan boʻlsa, transport vositalarining harakatlanishi qatʼiy ravishda belgilangan tasmalarda amalga oshirilishi kerak. Faqat qayta tizilishda uzuq-uzuq chiziqlarni bosib oʻtishga ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

17-savol. Svetoforlarda qanday rangli ishoralar qoʻllaniladi?

  1. Yashil, sariq, qizil va oq
  2. Yashil, sariq, qizil va qora
  3. Yashil, sariq, qizil
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Yashil, sariq, qizil va oq

YHQning 7-bob. 30-bandi 1-xatboshiga asosan: 30. Svetoforlarda yashil, sariq, qizil va oq rangli yorugʻlik ishoralari qoʻllaniladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

18-savol. Qattiq ulagichda shatakka olishda transport vositalari orasidagi masofa qancha boʻlganda harakatlanishi mumkin?

  1. 3 m
  2. 5 m
  3. 6 m
  4. 7 m
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. 3 m

YHQning 24-bob. 144-bandi 1-xatboshiga asosan: 144. Egiluvchan ulagich bilan shatakka olishda shatakka olgan va shatakka olingan transport vositalari oʻrtasidagi masofa 4 — 6 metr oraligʻida boʻlishi, qattiq ulagich bilan shatakka olishda esa 4 metrdan koʻp boʻlmasligi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 34-dars «Shatakka olish» →

19-savol. Qaysi transport vositasi qayta tizilishda imtiyozga ega?

Qaysi transport vositasi qayta tizilishda imtiyozga ega?
  1. Har ikki avtomobilga harakat taqiqlangan
  2. Oq
  3. Qizil
  4. Oʻzaro kelishgan holda harakat qiladilar
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Qizil

YHQning 9-bob. 55-bandi 2-xatboshiga asosan: Bir yoʻnalishda harakatlanayotgan transport vositalari bir vaqtda qayta tizilayotganda, haydovchi oʻng tomondagi transport vositasiga yoʻl berishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

20-savol. Ushbu vaziyatda qaysi avtomobil yoʻl berishi kerak?

Ushbu vaziyatda qaysi avtomobil yoʻl berishi kerak?
  1. Qizil avtomobil
  2. Yashil avtomobil
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Yashil avtomobil

YHQning 16-bob 105-bandiga asosan, teng ahamiyatli yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasi haydovchisi oʻng tomondan yaqinlashib kelayotgan transport vositasiga yoʻl berishi shart. Bu yerda qizil avtomobil yashil avtomobilning oʻng tomonidan kelayotgani uchun, yashil avtomobil haydovchisi qizil avtomobilga yoʻl berishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 13-dars «Teng ahamiyatli chorrahalar» →

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

63-biletni onlayn yechish

Keyingi: 64-bilet →

Qoʻngʻiroq qilish