46-bilet: YHQ test savollari va javoblari

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

46-biletni onlayn yechish

Mashq bazasidagi 46-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.

1-savol. Kunning yorugʻ vaqtida aholi punktlaridan tashqarida Siz quvib oʻtayotgan transport vositasi haydovchisining eʼtiborini qanday jalb qilasiz?

  1. Faqat tovush ishorasi bilan
  2. Sanab oʻtilgan barcha usul bilan va ularni birga qoʻllash bilan
  3. Faqat yorugʻlik faralarini qisqa-qisqa yoqib oʻchirish bilan
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Sanab oʻtilgan barcha usul bilan va ularni birga qoʻllash bilan

Yoʻl harakati qoidalarining 49 bandiga asosan, quvib oʻtish haqida tovushli ishora oʻrniga yoki u bilan birga fara chiroqlarini yoqib-oʻchirib, ogohlantirish ishorasini ham berish mumkin.
Yoʻl harakati qoidalarining 48 bandiga asosan, tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qoʻllanilishi mumkin: aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib oʻtish haqida ogohlantirish uchun; zarur boʻlgan hollarda yoʻl-transport hodisasining oldini olish uchun.
Yuqorida koʻrsatilgan hollardan tashqari tovushli ishoralardan foydalanish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 18-dars «Avariya va ogohlantiruvchi ishoralar» →

2-savol. Temir yoʻl kesishmasi oldida turgan transport vositalarini qarama-qarshi harakatlanish boʻlagiga chiqib aylanib oʻtishga ruxsat etiladimi?

  1. Taqiqlanadi
  2. Ruxsat etiladi, agar roʻparadan kelayotgan transport vositalari yoʻq boʻlsa
  3. Agar aylanib oʻtayotgan transport vositasining tezligi 8 km/soatdan kam boʻlsa, taqiqlanadi
  4. Faqat yon kajavasiz motosikllarga ruxsat beriladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Taqiqlanadi

YHQ 18-bobi 118-bandi 6-xatboshiga asosan, kesishma oldida turgan transport vositalarini qarama-qarshi harakatlanish boʻlagiga chiqib aylanib oʻtish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 27-dars «Temir yoʻl kesishmalari» →

3-savol. Agar transport vositalarining tuzilishida koʻzda tutilgan orqani koʻrsatadigan koʻzgular boʻlmasa, avtomobildan foydalanishga ruxsat etiladimi?

  1. Taqiqlanadi
  2. Loaqal bitta koʻzgu boʻlsa ruxsat etiladi
  3. Agar orqa oyna pardalar bilan berkitilmagan boʻlsa ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Taqiqlanadi

YHQ 3 – ilovasi 7 – boʻlimining 7.1 – bandiga asosan: Orqa tomonni koʻrsatuvchi koʻzgular soni, joylashuvi va turi belgilangan talablarga mos kelmasa, transport vositasining konstruksiyasida koʻzda tutilgan oynalari boʻlmasa foydalanish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 41-dars «Nosozliklar: qachon haydash mumkin emas» →

4-savol. Qaysi belgi falokatli holatlar uchun kirish yoʻlini bildiradi?

Qaysi belgi falokatli holatlar uchun kirish yoʻlini bildiradi?
  1. C
  2. A va D
  3. B
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. B

YHQ 1-ilovasining 5-boʻlimidagi 5.40 belgiga asosan, «Falokatli holatlar uchun kirish yoʻli». Yoʻl harakati ushbu Qoidalaridagi 128-bandda koʻrsatilgan holatlarda foydalaniladigan yoʻl.

Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →

5-savol. Qaysi transport vositasining haydovchisi quvib oʻtishni toʻgʻri bajaryapti?

Qaysi transport vositasining haydovchisi quvib oʻtishni toʻgʻri bajaryapti?
  1. Yashil avtomobil haydovchisi
  2. Koʻk avtomobil haydovchisi
  3. Ikkala haydovchilarga quvib oʻtish taqiqlangan
  4. Ikkala haydovchi toʻgʻri bajarmoqda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Yashil avtomobil haydovchisi

YHQ 10-bobining 66-bandiga muvofiq, harakat ikki tomonlama boʻlgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yoʻl chizigʻi bilan belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yoʻllarda, ikki yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan oʻrta qatorga faqat quvib oʻtish, aylanib oʻtish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 24-dars «Quvib oʻtish» →

6-savol. Qayerda transport vositalarining toʻxtashi va toʻxtab turishi taqiqlanadi?

  1. Koʻpriklarda, estakadalarda va osma yoʻllarda, bir yoʻnalishda uchdan kam boʻlagi boʻlgan harakatlanish boʻlagi boʻlganda
  2. Transport vositalari va piyodalarning harakati serqatnov joylarda
  3. Kesishayotgan qatnov qismi chetiga 30 m dan koʻproq masofa qolganda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Koʻpriklarda, estakadalarda va osma yoʻllarda, bir yoʻnalishda uchdan kam boʻlagi boʻlgan harakatlanish boʻlagi boʻlganda

YHQ 13-bobi 91-bandiga asosan, bir yoʻnalishda harakatlanish uchun uchtadan kam tasmaga ega boʻlgan koʻprik, yoʻl oʻtkazgich va estakadalarning ustida, koʻprik, yoʻl oʻtkazgich va estkadalarning ostida (tegishli yoʻl belgilari bilan toʻxtab turish ruxsat berilgan yoʻl qismlari bundan mustasno) toʻxtash va toʻxtab turish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →

7-savol. Qaysi joylarda orqa bilan harakatlanish taqiqlanadi?

  1. Chorrahalarda, piyodalar oʻtish joylarida
  2. Koʻpriklarda, osma yoʻllarda, estakadalarda va ularning ostida
  3. Avtomagistrallarda
  4. Sanab oʻtilgan barcha joylarda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. Sanab oʻtilgan barcha joylarda

YHQ 9 – bobining 63 bandiga asosan orqaga harakatlanish chorrahalarda va Qoidalarning 62 – bandiga muvofiq qayrilib olish taqiqlangan joylarda hamda 19 – bobining 121 – bandiga asosan, avtomagistrallarda orqaga harakatlanish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →

8-savol. Ushbu belgilardan qaysi biri oldinda yoʻl qoplamasi ustida sunʼiy notekislik borligi haqida ogohlantiradi?

Ushbu belgilardan qaysi biri oldinda yoʻl qoplamasi ustida sunʼiy notekislik borligi haqida ogohlantiradi?
  1. A
  2. B
  3. A va C
  4. C
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. B

YHQ, 1.31. “Sunʼiy yoʻl notekisligi” belgisi.

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

9-savol. Quyidagi 3.24. "Yuqori tezlik cheklangan" yoʻl belgisining taʼsirini qaysi belgilar bekor qiladi?

Quyidagi 3.24. "Yuqori tezlik cheklangan" yoʻl belgisining taʼsirini qaysi belgilar bekor qiladi?
  1. Faqat toʻrtinchisi
  2. Barcha javoblar toʻgʻri
  3. Faqat birinchisi
  4. Faqat uchinchisi
  5. Faqat ikkinchisi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Barcha javoblar toʻgʻri

YHQga 1-ILOVA 3.24 va 3.31 band va 3.Taqiqlovchi belgilarning 46, 48, 51 va 52-xatboshiga asosan: 3.24. «Yuqori tezlik cheklangan». Belgida koʻrsatilganidan ortiq tezlikda (km/s) harakatlanish taqiqlanishini bildiradi.
3.31. «Barcha cheklovlarning oxiri». 3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30 belgilaridan bir nechtasiga bir vaqtda amal qiladigan hududlarning oxiri.
3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30 belgilarining taʼsiri belgi oʻrnatilgan joydan keyingi eng yaqin chorrahagacha, ular boʻlmaganda — aholi punktining oxirigacha taʼsiri qiladi.
Aholi punktlariga yetmasdan oʻrnatilgan 3.24 belgisining taʼsiri 5.22 belgisigacha kuchini saqlaydi.
Belgilarning taʼsir doirasi aniqlashtirilishi mumkin: 3.20, 3.22, 3.24 belgilari 3.21, 3.23, 3.25 belgilari va 7.2.1 qoʻshimcha axborot belgisi orqali;
3.24 belgisining taʼsir oraligʻi undan keyin boshqa eng yuqori harakatlanish tezligi koʻrsatilgan 3.24 belgisini oʻrnatish bilan.

Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →

10-savol. Ushbu yoʻl belgisi qanday maqsadda qoʻllaniladi?

Ushbu yoʻl belgisi qanday maqsadda qoʻllaniladi?
  1. Ehtiyot choralarni koʻrish uchun
  2. Majburiy tarzda tezlikni kamaytirish uchun
  3. Toʻxtamasdan oʻtishni taqiqlaydi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Toʻxtamasdan oʻtishni taqiqlaydi

YHQ 1-ilovasining 3-boʻlimidagi 3.17.1 belgiga asosan, «Bojxona». Bojxona (nazorat punkti) oldida toʻxtamasdan oʻtib ketish taqiqlanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 6-dars «Taqiqlovchi belgilar» →

11-savol. Imtiyoz belgilari qaysi joylarda harakatlanish navbatini belgilaydi?

  1. Faqat chorrahalarda
  2. Faqat yoʻlning tor qismlarida
  3. Har ikkala javob ham toʻgʻri
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Har ikkala javob ham toʻgʻri

YHQga 1-ILOVA 2. Imtiyoz belgilarining 1-xatboshiga asosan: Imtiyoz belgilari — chorrahalarda, qatnov qismlari kesishgan joylarda, yoʻlning tor qismlarida harakatlanish navbatini belgilaydi.

Mavzu boʻyicha videodars: 5-dars «Imtiyoz belgilari» →

12-savol. Qaysi transport vositasining haydovchisi yoʻl berishi kerak?

Qaysi transport vositasining haydovchisi yoʻl berishi kerak?
  1. Koʻk avtomobilning haydovchisi
  2. Qizil avtomobilning haydovchisi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Koʻk avtomobilning haydovchisi

YHQ 15-bobi 100 - va 101 - bandlariga asosan, svetoforning taqiqlovchi qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qoʻshimcha tarmoqning koʻrsatkichli yashil ishorasi yoʻnalishida harakatlanayotgan haydovchi boshqa yoʻnalishlardan harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerak. Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qoʻshimcha tarmogʻining yoʻnaltirgichli yashil ishorasi yoʻnalishida harakatlanayotgan tramvay boshqa yoʻnalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 13-dars «Teng ahamiyatli chorrahalar» →

13-savol. Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash

  1. Yoʻllarda harakatni boshqarish boʻyicha huquqiy, tashkiliy-texnikaviy tadbirlar va boshqaruv harakatlari majmui
  2. Yoʻl transport hodisalarining kelib chiqish sabablarini oldini olishga, ularning ogʻir oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan faoliyat
  3. Yoʻl harakati qatnashchilarining yoʻl-transport hodisalari va ularning oqibatlaridan himoyalanganlik darajasini aks ettiruvchi yoʻl harakati holati
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Yoʻl transport hodisalarining kelib chiqish sabablarini oldini olishga, ularning ogʻir oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan faoliyat

Yoʻl harakati qoidalarining 6 bandiga asosan, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash — yoʻl-transport hodisalarining kelib chiqish sabablarining oldini olishga, ularning ogʻir oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan faoliyat.

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

14-savol. Shaharlararo qatnaydigan avtobusning haydovchisiga aholi punktlaridan tashqarida tezlikni 80 km/soatdan oshirishga ruxsat etiladimi?

  1. Faqat shu yoʻnalishda harakatlanish uchun ikki yoki undan ortiq boʻlak boʻlgan yoʻl boʻyicha harakatlanganda ruxsat etiladi
  2. Ruxsat etiladi
  3. Taqiqlanadi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Ruxsat etiladi

YHQ 11-bobi 79-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan, aholi punktlaridan tashqarida: shaharlararo qatnaydigan avtobuslarga va mikroavtobuslarga tezlikni soatiga 90 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 23-dars «Harakatlanish tezligi» →

15-savol. Bu belgilardan qaysi biri maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari oldida oʻrnatiladi?

Bu belgilardan qaysi biri maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari oldida oʻrnatiladi?
  1. «Б»
  2. «А»
  3. «В»
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. «Б»

YHQ 1-ilova: 5.46 “Maktab”. Maktab yoki maktabgacha taʼlim tashkilotlari oldida oʻrnatiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 24-dars «Quvib oʻtish» →

16-savol. Oʻng tomondagi yondosh hududdan foydalanib qayrilib olishning koʻrsatilgan qaysi usuli harakat xavfsizligini taʼminlaydi?

Oʻng tomondagi yondosh hududdan foydalanib qayrilib olishning koʻrsatilgan qaysi usuli harakat xavfsizligini…
  1. Faqat chap tomondagi rasmda
  2. Faqat oʻng tomondagi rasmda
  3. Ikkisida ham
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Faqat chap tomondagi rasmda

Tor yoʻllarda oʻng tomondagi yondosh xududdan foydalanib qayrilib olishning xavfsiz usuli chapdagi suratda aks ettirilgan. Bunda haydovchi nafaqat oʻz harakatlanish trayektoriyasini, balki oʻzi chiqayotgan boʻlakdagi vaziyatni ham toʻliq nazorat qilish imkoniyatiga ega boʻladi.

17-savol. Qanday alomatlar charchash belgilari hisoblanadi?

  1. Bosh aylanishi, koʻzlarga qum kirgan kabi achishish, terlash alomati
  2. Uyquchanlik, boʻshashish, diqqatning susayishi
  3. Zoʻriqish, asabiylashish
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Uyquchanlik, boʻshashish, diqqatning susayishi

Yoʻl - transport hodisalarida birinchi yordam faniga asosan, uyquchanlik, boʻshashish, diqqatning susayishi charchash belgilari hisoblanadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

18-savol. Sanab oʻtilgan hollarning qay birida qatnov qismining oʻng chetidan yoki yoʻlning oʻng yoqasidan qayrilishga ruxsat etiladi?

  1. Tartibga solinmaydigan chorrahalarda, agar qayrilishni amalga oshirayotgan transport vositasi asosiy yoʻlda boʻlsa
  2. Chorrahalardan tashqarida, agar qatnov qismining kengligi chetki chap holatdan qayrilish uchun yetarli boʻlmasa
  3. Tartibga solingan chorrahalarda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Chorrahalardan tashqarida, agar qatnov qismining kengligi chetki chap holatdan qayrilish uchun yetarli boʻlmasa

YHQ 9-bobi 59-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan: Chorrahadan tashqarida qayrilib olishda, agar qatnov qismining kengligi manevrni chetki chap holatdan bajarish uchun yetarli boʻlmasa, uni qatnov qismining oʻng chetidan (oʻng yoʻl yoqasidan) amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi. Bu holda haydovchi shu yoʻnalishdagi va qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport vositalariga yoʻl berishi shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 21-dars «Harakatni boshlash va manyovr» →

19-savol. Yengil avtomobillarning oldingi oʻrindigʻida bolalarni tashishga ruxsat etiladimi?

  1. Katta yoshli yoʻlovchi boʻlganda yoshidan qatʼiy nazar ruxsat etiladi
  2. 7 yoshdan kichik boʻlmagan bolalarni tashishga ruxsat etiladi
  3. 12 yosh va undan katta boʻlgan bolalarni tashishga ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. 12 yosh va undan katta boʻlgan bolalarni tashishga ruxsat etiladi

YHQ 26-bobi 159-bandining beshinchi xatboshisiga asosan, odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi: 12 yoshga toʻlmagan bolalarni mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterning orqa oʻrindigʻida, shuningdek, bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma oʻrnatilmagan transport vositasining old oʻrindigʻida;

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

20-savol. Koʻrsatilgan qaysi joyda siz avtomobilni qoidaga binoan toʻxtatishingiz mumkin?

Koʻrsatilgan qaysi joyda siz avtomobilni qoidaga binoan toʻxtatishingiz mumkin?
  1. Faqat «А»
  2. Faqat «Б»
  3. Hech qaysisida
  4. Faqat «Б» va «В»
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Faqat «Б»

Yoʻl harakati qoidalarining 88 bandi 2 xatboshiga asosan, aholi punktlarida oʻrtada tramvay yoʻli boʻlmagan, har yoʻnalishda bittadan tasmasi boʻlgan, shuningdek bir tomonlama harakat tashkil etilgan yoʻllarda yoʻlning chap tomonida toʻxtash va toʻxtab turishga ruxsat etiladi.
Yoʻl harakati qoidalarining 91 bandiga asosan, quyidagilarda toʻxtash taqiqlanadi: piyodalar oʻtish joylarida va ulardan oldin 10 metrdan kam masofa qolganda.

Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

46-biletni onlayn yechish

Keyingi: 47-bilet →

Qoʻngʻiroq qilish