30-bilet: YHQ test savollari va javoblari

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

30-biletni onlayn yechish

Mashq bazasidagi 30-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.

1-savol. Qaysi belgi «Velosiped yoʻlkasi bilan kesishuv»ni bildiradi?

Qaysi belgi «Velosiped yoʻlkasi bilan kesishuv»ni bildiradi?
  1. 3
  2. 2
  3. 5
  4. 4
  5. 1
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. 2

YHQ 1-ilovasining 1-boʻlimidagi 1.22 belgi "Velosiped yoʻlkasi bilan kesishuv"ni bildiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 4-dars «Ogohlantiruvchi belgilar» →

2-savol. Avtomobillarga qaysi yoʻnalishlarda harakatlanishga ruxsat beriladi?

Avtomobillarga qaysi yoʻnalishlarda harakatlanishga ruxsat beriladi?
  1. Qizilga ruxsat beriladi, koʻkka oʻngga taqiqlangan
  2. Har ikkisiga ham koʻrsatilgan yoʻnalishlarda ruxsat beriladi
  3. Qizilga chapga, koʻkka taqiqlaydi
  4. Koʻkka toʻgʻriga, qizilga chapga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Har ikkisiga ham koʻrsatilgan yoʻnalishlarda ruxsat beriladi

YHQning 7-bob. 38-bandiga asosan: 38. Tartibga soluvchining ishoralari quyidagi maʼnoni bildiradi:
Oʻng qoʻli oldinga uzatilganda:
chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yoʻnalishlarda.

Mavzu boʻyicha videodars: 17-dars «Tartibga soluvchi ishoralari» →

3-savol. Ushbu qoʻshimcha axborot yoʻl belgisi bildiradi:

Ushbu qoʻshimcha axborot yoʻl belgisi bildiradi:
  1. Yengil avtomobillarning toʻxtab turish joyini
  2. Barcha turdagi transport vositalarining toʻxtab turish uchun yoʻlning qatnov qismida, trotuar yoniga qoʻyish usulini
  3. Mexanik transport vositalarining toʻxtab turish joyini
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Barcha turdagi transport vositalarining toʻxtab turish uchun yoʻlning qatnov qismida, trotuar yoniga qoʻyish usulini

YHQ 1-ilovasining 7-boʻlimidagi 7.6.1 belgiga asosan, “Transport vositasini toʻxtab turish joyiga qoʻyish usuli”. 7.6.1 barcha turdagi transport vositalarini toʻxtab turishi uchun yoʻlning qatnov qismida, trotuar yoniga qoʻyish usulini bildiradi.

Mavzu boʻyicha videodars: 10-dars «Qoʻshimcha axborot belgilari (jadvallar)» →

4-savol. Ushbu transport vositasiga chorraha orqali qaysi yoʻnalishlar boʻyicha harakatlanishga ruxsat etiladi?

Ushbu transport vositasiga chorraha orqali qaysi yoʻnalishlar boʻyicha harakatlanishga ruxsat etiladi?
  1. Faqat oʻngga
  2. Faqat toʻgʻriga va oʻngga
  3. Faqat chapga va qayrilib olishga
  4. Faqat toʻgʻriga
  5. Barcha yoʻnalishlarga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 5. Barcha yoʻnalishlarga

YHQ 1 ilova: 4.1.1. “Harakatlanish toʻgʻriga”. Yoʻlning qismi boshlanishida oʻrnatilgan 4.1.1 belgisining taʼsiri yaqin chorrahagacha joriy qilinadi. Belgi oʻng tomonda joylashgan hovlilarga va yoʻlga yondosh boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi.

Mavzu boʻyicha videodars: 7-dars «Buyuruvchi belgilar» →

5-savol. Qoʻl bilan beriladigan ogohlantiruvchi ishora qoidalarga muvofiq qachon tugallanishi mumkin?

  1. Manevrni bevosita bajarishdan oldin
  2. Manevr tugagandan soʻng zudlik bilan
  3. Manevr bajarayotgan vaqtda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Manevrni bevosita bajarishdan oldin

YHQ 8-bobi 46- bandiga muvofiq, qoʻl bilan berilayotgan ishorani manevrni bevosita bajarishdan oldin tugallash mumkin. Ishoralar boshqa yoʻl harakati qatnashchilarini chalgʻitmasligi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 18-dars «Avariya va ogohlantiruvchi ishoralar» →

6-savol. Bosh miya jarohatlanganda, miya chayqalganda yoki boʻyin qismi jarohatlanganda birinchi yordam koʻrsatish:

  1. Jarohatlangan odamni yonboshlatib yotqizib, boʻyin qismi tagiga qattiq yostiqcha qoʻyib, qoʻzgʻatmasdan, mahkam bogʻlab shifoxonaga yuboriladi
  2. Jarohatlangan odamni tinchlantirish, jarohatlangan joy sohasini sovuq suv muz qoʻyish yoʻllari bilan sovutish ogʻriqni susaytirish va qon ketishini kamaytirish
  3. Jarohatlangan odamni qattiq va tekis zambilga solib, boʻyin qismi tagiga qattiq yostiqcha qoʻyib, qoʻzgʻatmasdan, mahkam bogʻlab shifoxonaga yuboriladi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Jarohatlangan odamni qattiq va tekis zambilga solib, boʻyin qismi tagiga qattiq yostiqcha qoʻyib, qoʻzgʻatmasdan, mahkam bogʻlab shifoxonaga yuboriladi

Yoʻl - transport hodisalarida birinchi yordam faniga asosan, bosh miya jarohatlanganda, miya chayqalganda yoki boʻyin qismi jarohatlanganda birinchi yordam koʻrsatish quyidagi tartibda olib boriladi: jarohatlangan odamni qattiq va tekis zambilga solib, boʻyin qismi tagiga qattiq yostiqcha qoʻyib, qoʻzgʻatmasdan, mahkam bogʻlab shifoxonaga yuboriladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 39-dars «YTHda birinchi yordam» →

7-savol. Qaysi transport vositalariga koʻrsatilgan yoʻnalishlar boʻyicha harakatlanishga ruxsat etiladi?

Qaysi transport vositalariga koʻrsatilgan yoʻnalishlar boʻyicha harakatlanishga ruxsat etiladi?
  1. Tramvay va avtomobil haydovchisiga
  2. Avtomobil haydovchisiga
  3. Avtomobil va motosikl haydovchisiga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Tramvay va avtomobil haydovchisiga

YHQ 7-bobi 32-bandiga asosan, yoʻnaltirgich koʻrinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari ham doirasimon shaklidagi svetofor ishoralari bilan bir xil maʼnoga ega boʻladi. Ular faqat koʻrsatilgan yoʻnalishga taʼsir etadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 16-dars «Svetofor ishoralari» →

8-savol. Ushbu avtomobil qaysi yoʻnalishlarda harakatlanishga ruxsat beriladi?

Ushbu avtomobil qaysi yoʻnalishlarda harakatlanishga ruxsat beriladi?
  1. Birinchi, uchinchi va toʻrtinchi yoʻnalishlarda
  2. Faqat birinchi
  3. Birinchi, ikkinchi va uchinchi yoʻnalishlarda
  4. Barcha yoʻnalishlarda
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Birinchi, uchinchi va toʻrtinchi yoʻnalishlarda

YHQning 10-bob. 68-bandiga asosan: 68. Tezligini soatiga 40 kilometrdan oshirishi mumkin boʻlmagan yoki texnik sabablarga koʻra tezligini bundan oshira olmaydigan transport vositalari aylanib oʻtish, quvib oʻtish, chapga burilish yoki qayrilib olish uchun qayta tizilishdan yoki ruxsat etilgan hollarda yoʻlning chap tomonida toʻxtashdan boshqa hollarda faqat chetki oʻng qatorida harakatlanishlari kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 23-dars «Harakatlanish tezligi» →

9-savol. Qaysi avtomobil haydovchisiga toʻxtashga ruxsat etilgan?

Qaysi avtomobil haydovchisiga toʻxtashga ruxsat etilgan?
  1. Har ikki haydovchiga
  2. Yuk avtomobilining haydovchisiga
  3. Yengil avtomobilning haydovchisiga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Yuk avtomobilining haydovchisiga

YHQ 13-bobi 91-bandi 4-xatboshiga muvofiq, quyidagi joylarda toʻxtash taqiqlanadi – bir yoʻnalishda harakatlanish uchun uchtadan kam tasmaga ega boʻlgan koʻprik, yoʻl oʻtkazgich va estakadalarning ustida, koʻprik, yoʻl oʻtkazgich va estkadalarning ostida (tegishli yoʻl belgilari bilan toʻxtab turish ruxsat berilgan yoʻl qismlari bundan mustasno).

Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →

10-savol. Toʻxtagan transport vositasi bilan yotiq sidirgʻa chiziq orasidagi masofa qancha boʻlganida toʻxtash taqiqlanadi?

Toʻxtagan transport vositasi bilan yotiq sidirgʻa chiziq orasidagi masofa qancha boʻlganida toʻxtash…
  1. 4 m
  2. 6 m
  3. 2,5 m
  4. 5,5 m
  5. 3,5 m
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. 2,5 m

YHQning 13-bob. 91-band 8-xatboshiga asosan: 91. Quyidagilarda toʻxtash taqiqlanadi:
toʻxtagan transport vositasi bilan boʻylama sidirgʻa chiziq (qatnov qismining chetini belgilovchi chiziqdan tashqari), ajratuvchi mintaqa yoki qatnov qismining qarama-qarshi cheti orasidagi masofa 3 metrdan kam boʻlgan joylarda.

Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →

11-savol. Yoʻnaltirgichlar bilan koʻrsatilgan qaysi yoʻnalishlarda harakat ruxsat etilgan?

Yoʻnaltirgichlar bilan koʻrsatilgan qaysi yoʻnalishlarda harakat ruxsat etilgan?
  1. Barcha yoʻnalishlarga
  2. Faqat toʻgʻriga va chapga
  3. Faqat chapga
  4. Faqat toʻgʻriga
  5. Faqat oʻngga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Faqat toʻgʻriga va chapga

YHQ 1-ilovasining 4-boʻlimi 4.1.1 "Harakatlanish toʻgʻriga" belgisiga muvofiq, ushbu belgining taʼsir oraligʻida faqat yoʻnaltirgich buyurgan tomonga harakatlanishga ruxsat etiladi. 4.1.1 belgisi yoʻl qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga oʻrnatilsa, shu kesishmaga taʼsir etadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 7-dars «Buyuruvchi belgilar» →

12-savol. Yoʻl chizigʻi bilan ajratilgan bekat maydonchasidan harakatlanish uchun foydalanishga ruxsat etiladimi?

Yoʻl chizigʻi bilan ajratilgan bekat maydonchasidan harakatlanish uchun foydalanishga ruxsat etiladimi?
  1. Toʻxtash joyida tramvay boʻlmaganda ruxsat etiladi
  2. Ruxsat etiladi
  3. Taqiqlanadi
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. Taqiqlanadi

YHQ 2-ilovasining 1-boʻlimi 1-xatboshiga asosan, 1.1 chizigʻi qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yoʻlning xavfli joylaridagi harakatlanish tasmasi chegarasini va velosipedchilar uchun tasmaning chegarasini bildiradi; yoʻlning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi; transport vositalarining toʻxtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yoʻlning qatnov qismi chegarasini bildiradi. 1.1 chizigʻini bosib oʻtish taqiqlanadi, qatnov qismining chetini bildirish uchun qoʻllanilgan 1.1 chizigʻi bundan mustasno.

Mavzu boʻyicha videodars: 19-dars «Yotiq chiziqlar» →

13-savol. Piyodalar toʻxtab turgan avtobus va trolleybusning qaysi tomonidan yoʻlni kesib oʻtishlari kerak?

  1. Orqa tomonidan
  2. Istalgan tomonidan
  3. Oldi tomonidan
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Orqa tomonidan

Yoʻl harakati qoidalarining 19 bandi 4 xatboshiga asosan, piyodalar toʻxtab turgan avtobus va trolleybusning orqa tomonidan, tramvayning esa oldi tomonidan yoʻlni kesib oʻtishlari shart.

Mavzu boʻyicha videodars: 3-dars «Piyodalarning vazifalari» →

14-savol. Bu qoʻshimcha-axborot yoʻl belgisi qaysi yoʻl belgisi bilan birgalikda qoʻllaniladi?

Bu qoʻshimcha-axborot yoʻl belgisi qaysi yoʻl belgisi bilan birgalikda qoʻllaniladi?
  1. C
  2. A
  3. B
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 3. B

YHQ 1-ilovasining 7-boʻlimidagi 7.12 belgiga asosan, «Xavfli yoʻl yoqasi». Yoʻl ishlari bajarilayotgani sababli yoʻl yoqasiga chiqish xavfli ekanligi haqida ogohlantiradi. 1.23 belgisi bilan qoʻllaniladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 10-dars «Qoʻshimcha axborot belgilari (jadvallar)» →

15-savol. Belgilarning qaysi biri ogohlantiruvchi belgilar bilan qayd etilgan xavfli yoʻl qismining uzunligini koʻrsatadi?

Belgilarning qaysi biri ogohlantiruvchi belgilar bilan qayd etilgan xavfli yoʻl qismining uzunligini…
  1. 2
  2. 1
  3. 5
  4. 4
  5. 3
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 4. 4

YHQ 1 – ilovasi 7 – boʻlimining beshinchi xatboshisiga asosan: 7.2.1. “Taʼsir oraligʻi”. Ogohlantiruvchi belgilar bilan belgilangan xavfli joyning uzunligini yoki taqiqlovchi va axborot – koʻrsatkich belgilarning taʼsir oraligʻini koʻrsatadi.

Mavzu boʻyicha videodars: 10-dars «Qoʻshimcha axborot belgilari (jadvallar)» →

16-savol. Koʻrsatilgan belgilardan qaysi biri yoʻlning koʻrinish masofasi cheklangan joylarda majburan toʻxtagan transport vositalarini belgilash uchun qoʻllaniladi?

Koʻrsatilgan belgilardan qaysi biri yoʻlning koʻrinish masofasi cheklangan joylarda majburan toʻxtagan…
  1. «В»
  2. «А»
  3. «Б»
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. «А»

YHQ 8-bobi 51-bandi: Transport vositasi toʻsatdan toʻxtab qolganda, zudlik bilan avariya yorugʻlik ishorasini yoqish, agar u ishlamasa, avariya sababli toʻxtash belgisini darhol oʻrnatish kerak. Avariya sababli toʻxtash belgisi quyidagi hollarda qoʻllaniladi: yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlganda; toʻxtash taqiqlangan joylarda va koʻrinishi cheklangan joylarda majburiy toʻxtaganda; Ushbu belgi boshqa haydovchilarni xavfli vaziyat haqida oʻz vaqtida ogohlantirish imkonini beradigan masofada oʻrnatilishi kerak. Bu masofa aholi punktlarida transport vositasidan 15 metr, aholi punktlaridan tashqaridagi joylarda esa 30 metrdan kam boʻlmasligi kerak.

Mavzu boʻyicha videodars: 18-dars «Avariya va ogohlantiruvchi ishoralar» →

17-savol. Asosiy yoʻl:

  1. Barcha javoblar toʻgʻri
  2. Tuproqli yoʻlga nisbatan qattiq qoplamali (asfalt va sement-betonli, tosh va shunga oʻxshashlar yotqizilgan) yoʻl
  3. Ikki boʻlakli yoʻlga nisbatan uch yoki undan koʻp boʻlakli yoʻl
  4. Toshli yoʻlga nisbatan asfalt qoplamali yoʻl
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Tuproqli yoʻlga nisbatan qattiq qoplamali (asfalt va sement-betonli, tosh va shunga oʻxshashlar yotqizilgan) yoʻl

YHQ 1-ilova 1-bob. Umumiy qoidalar: asosiy yoʻl — tuproqli yoki shagʻalli yoʻlga nisbatan qattiq qoplamali (asfalt, sement-betonli va shunga oʻxshashlar yotqizilgan), kesishayotgan yoki tutashgan yoʻlga nisbatan 2.1, 2.3.1 — 2.3.3 yoki 5.1 yoʻl belgilari bilan belgilangan yoxud yondosh hududdan chiqadigan yoʻlga nisbatan har qanday yoʻl. Ikkinchi darajali yoʻlning bevosita chorrahaga tutash qismning qoplamali boʻlishi uni asosiy yoʻl bilan teng huquqli qilmaydi.

Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →

18-savol. Egiluvchan ulagichda shatakka olinganda qanday yuqori tezlik bilan harakatlanishga ruxsat etilgan?

  1. 60 km/s
  2. 50 km/s
  3. 40 km/s
  4. 30 km/s
  5. 70 km/s
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. 50 km/s

YHQ 11-bobi 80-bandining uchinchi xatboshisiga asosan, har qanday yoʻllarda: mexanik transport vositalarini shatakka olgan transport vositalariga tezlikni soatiga 50 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etilgan.

Mavzu boʻyicha videodars: 23-dars «Harakatlanish tezligi» →

19-savol. Qanday transport vositalariga ushbu belgining amal qilishi tatbiq etilmaydi?

Qanday transport vositalariga ushbu belgining amal qilishi tatbiq etilmaydi?
  1. Belgilangan yoʻnalishdagi transport vositalariga
  2. Taksometri ishlab turgan taksilarga, «Nogiron» taniqlik belgisi oʻrnatilgan nogiron boshqarayotgan avtomobilga
  3. «Nogiron» taniqlik belgisi oʻrnatilgan nogiron boshqarayotgan avtomobilga
  4. Yoʻnalishli taksilarga
  5. Taksometri ishlab turgan taksilarga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 2. Taksometri ishlab turgan taksilarga, «Nogiron» taniqlik belgisi oʻrnatilgan nogiron boshqarayotgan avtomobilga

YHQ 1-ilovasining 3-boʻlimi 3.28 belgi talabiga asosan, "Toʻxtab turish taqiqlangan" barcha transport vositalarining toʻxtab turishi taqiqlanadi (xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli boʻyoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno). 3.28 belgisining taksometri ishlab turgan taksilarga, "Nogiron" tanish belgisi bilan belgilangan avtomobillar va kajavali motosikllarni boshqarayotgan nogiron haydovchilarga taalluqli emas.

Mavzu boʻyicha videodars: 6-dars «Taqiqlovchi belgilar» →

20-savol. Qaysi yoʻnalishda harakatlanish taqiqlanadi?

Qaysi yoʻnalishda harakatlanish taqiqlanadi?
  1. Oʻngga ikkinchi yoʻlga
  2. Oʻngga birinchi va ikkinchi yoʻllarga
  3. Oʻngga birinchi yoʻlga
Javobni koʻrsatish

Toʻgʻri javob: 1. Oʻngga ikkinchi yoʻlga

YHQ 1- ilovasining 3-boʻlimi 4-xatboshiga asosan, 3.18.1 belgisi qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga oʻrnatilsa, shu kesishmaga tatbiq etiladi.

Mavzu boʻyicha videodars: 6-dars «Taqiqlovchi belgilar» →

20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan

30-biletni onlayn yechish

Keyingi: 31-bilet →

Qoʻngʻiroq qilish