29-bilet: YHQ test savollari va javoblari
20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
29-biletni onlayn yechishMashq bazasidagi 29-biletning 20 ta savoli. Avval oʻzingiz javob bering, keyin «Javobni koʻrsatish» tugmasini bosing: u yerda toʻgʻri javob va izoh bor. Biletni vaqtga va xatolar hisobi bilan yechish uchun uni trenajyorda oching.
1-savol. Yengil avtomobil haydovchilarining qaysi biri aholi punktlarida harakatlanish qoidalarini buzmoqda?
- Ikkalasi ham buzmoqda
- Faqat «Б» avtomobil haydovchisi
- Ikkalasi ham buzmayapti
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Ikkalasi ham buzmayapti
YHQ 10-bobi 67-bandiga muvofiq, aholi punktlarida haydovchilar oʻzlariga qulay boʻlgan harakatlanish boʻlagidan foydalanishlari mumkin. Harakatlanish serqatnovligi sababli boshqa tasmalar band boʻlganda harakatlanish qatorini faqat oʻngga yoki chapga burilish, qayrilib olish, toʻxtash yoki toʻsiqni aylanib oʻtish uchun oʻzgartirishga ruxsat etiladi. Biroq, bir yoʻnalishdagi uch va undan ortiq tasmali har qanday yoʻlda chetki chap qatorni harakat serqatnovligi sababli boshqa boʻlaklar band boʻlgan hollarda, shuningdek, quvib oʻtish, chapga burilish yoki qayrilib olishga, yuk avtomobillariga faqat chapga burilish yoki qayrilib olish uchun chetki chap qatorni egallashga ruxsat etiladi.
Mavzu boʻyicha videodars: 22-dars «Qatnov qismida joylashuv» →
2-savol. Qaysi rasmdagi haydovchilarga qayrilib olish taqiqlangan?
- Barcha rasmlarda
- Faqat chapdagi rasmda
- Faqat chapdagi va oʻngdagi rasmlarda
- Faqat pastdagi rasmda
- Faqat oʻngdagi rasmda
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Faqat chapdagi va oʻngdagi rasmlarda
YHQga 1-ILOVA 3.19 bandi, 5.8.1 bandi va 5. Axborot-koʻrsatkich belgilarining 11-xatboshi hamda 3.18.2 bandi va 3.Taqiqlovchi belgilarning 47-xatboshiga asosan: 3.19. «Qayrilish taqiqlangan».
5.8.1. «Tasmalar boʻyicha harakat yoʻnalishi». Tasmalar soni va har biri boʻyicha ruxsat etilgan harakatlanish yoʻnalishlari. Boshqa yoʻnalishlar boʻyicha harakatlanish taqiqlanadi.
Yoʻlning chetki chap boʻlagidan chapga burilishga ruxsat beruvchi 5.8.1 va 5.8.2 belgilari shu tasmadan qayrilishga ham ruxsat beradi.
3.18.2. «Chapga burilish taqiqlanadi». 3.18.1 va 3.18.2 belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga oʻrnatilsa, shu kesishmaga tatbiq etiladi.
Mavzu boʻyicha videodars: 43-dars «Yangi va nostandart savollar» →
3-savol. Yengil avtomobilga qaysi yoʻnalishlarda harakatlanishga ruxsat etiladi?
- Faqat oʻngga va chapga
- Faqat toʻgʻriga
- Istalgan yoʻnalishda
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Istalgan yoʻnalishda
YHQ 1-ilovasining 4-boʻlimidagi 4.1.1 belgiga asosan, «Harakatlanish toʻgʻriga». Faqat belgilarda koʻrsatilgan koʻrsatkichlar yoʻnalishlarida harakatlanishga ruxsat etiladi.
YHQ 1-ilovasining 7-boʻlimidagi 7.4.1 belgiga asosan, «Transport vositasining turi». Belgining taʼsiri joriy etilgan transport vositalari turini koʻrsatadi. 7.4.1 belgi bilan oʻrnatilgan yoʻl belgisining taʼsiri yuk tashuvchi, shu jumladan, tirkamali, toʻliq vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan transport vositalariga tatbiq etiladi.
Yengil avtomobilga istalgan yoʻnalishda harakatlanishga ruxsat etiladi.
Mavzu boʻyicha videodars: 10-dars «Qoʻshimcha axborot belgilari (jadvallar)» →
4-savol. Bunday vaziyatda qizil avtomobilning haydovchisiga quvib oʻtishga ruxsat etiladimi?
- Ruxsat etilgan
- Faqat roʻparadan kelayotgan transport vositalari yoʻqligida ruxsat etilgan
- Taqiqlangan
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Taqiqlangan
YHQ 10-bobi 66-bandiga asosan: Harakat ikki tomonlama boʻlgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yoʻl chizigʻi bilan belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yoʻllarda, ikki yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan oʻrta qatorga faqat quvib oʻtish, aylanib oʻtish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.
5-savol. Qaysi holatlarda aholi punktlarida tovushli ishoralardan foydalanish mumkin?
- Faqat zarur boʻlgan hollarda yoʻl-transport hodisasining oldini olish uchun
- Faqat boshqa haydovchilarni quvib oʻtish haqida ogohlantirish uchun
- Barcha javoblarda koʻrsatilgan holatlarda
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Faqat zarur boʻlgan hollarda yoʻl-transport hodisasining oldini olish uchun
YHQ 8-bobi 48-bandi: Tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qoʻllanilishi mumkin: aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib oʻtish haqida ogohlantirish uchun; zarur boʻlgan hollarda yoʻl-transport hodisasining oldini olish uchun. Yuqorida koʻrsatilgan hollardan tashqari tovushli ishoralardan foydalanish taqiqlanadi.
Mavzu boʻyicha videodars: 18-dars «Avariya va ogohlantiruvchi ishoralar» →
6-savol. Qaysi transport vositasiga harakatlanish taqiqlangan?
- Motosiklga
- Yuk avtomobiliga
- Hech kimga taqiqlanmagan
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Yuk avtomobiliga
Yoʻl harakati qoidalarining 38 bandiga asosan, Tartibga soluvchining ishoralari quyidagi maʼnoni bildiradi: Oʻng qoʻli oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yoʻnalishlarda;
oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat oʻngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va oʻng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi; piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonida qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat etiladi.
Ushbu vaziyatda yuk avtomobiliga harakatlanish taqiqlangan.
Mavzu boʻyicha videodars: 17-dars «Tartibga soluvchi ishoralari» →
7-savol. Qaysi belgi ikkinchi darajali yoʻl bilan kesishuvni bildiradi?
- 5
- 3
- 1
- 2
- 4
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. 1
YHQ 1-ilovasining 2-boʻlimidagi 2.3.1 belgiga asosan, «Ikkinchi darajali yoʻl bilan kesishuv».
8-savol. Koʻrsatilgan vaziyatda oʻngga burilar ekan haydovchi qanday yoʻl tutishi kerak?
- Harakat tezligini pasaytirishi va alohida ehtiyotkorlik bilan yoʻlda davom etishi
- Qatnov qismidan oʻtuvchi piyodalarga yoʻl berishi
- Ustunlik huquqidan foydalanib, tovushli xabar berishi va belgilangan yoʻnalishda harakatni davom ettirishi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Qatnov qismidan oʻtuvchi piyodalarga yoʻl berishi
YHQ 14-bobi 96-bandiga asosan, chapga yoki oʻngga burilayotgan haydovchi kesishayotgan yoʻlning qatnov qismidan oʻtayotgan piyoda(lar)ga, shuningdek velosiped yoʻlkasidan yoʻlni kesib oʻtayotgan velosipedchi(lar)ga yoʻl berishi kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 11-dars «Chorrahalardan oʻtish asoslari» →
9-savol. Ushbu svetofor qaysi yoʻnalishda harakatlanishni taqiqlaydi?
- Faqat chapga
- Toʻgʻriga va chapga
- Toʻgʻriga va oʻngga
- Faqat oʻngga
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Faqat chapga
YHQ 7-bobi 36-bandiga asosan, tramvaylarning hamda maxsus ajratilgan tasma boʻylab harakatlanayotgan boshqa yoʻnalishli transport vositalarining harakatlanishini tartibga solish uchun "T" harfi koʻrinishida joylashgan toʻrtta doirasimon oq rang ishorali svetoforlar qoʻllanilishi mumkin. Yuqoridagi bir yoki bir nechta va pastki ishora bir vaqtning oʻzida yonganda, harakatlanishga ruxsat etiladi. Ulardan chapdagisi chapga, oʻngdagisi oʻngga, oʻrtadagisi toʻgʻriga yurishga ruxsat beradi. Pastdagi ishora oʻchirilib, yuqoridagi uchta ishora bir vaqtda yonsa, harakatlanish taqiqlanadi.
10-savol. Yengil avtomobil qaysi yoʻnalish boʻyicha toʻgʻri burilmoqda?
- 1
- 1 va 2
- 2
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. 1
YHQning 22-bob. 132-band 2-xatboshiga asosan: Agar 5.9 yoʻl belgisi bilan belgilangan tasma qatnov qismining boshqa tasmalardan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan boʻlsa, burilmoqchi boʻlayotgan transport vositalari bu tasmaga qayta tizilishlari kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 31-dars «Yoʻnalishli transport ustunligi» →
11-savol. Qaysi belgi yoʻl qismida avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari oʻrnatilganligi haqida axborot beradi?
- 2
- 4
- 1
- 3
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 4. 3
YHQ 1 – ilovasi 5 – boʻlimining 5.41 belgisi talabiga asosan: 5.41. “Foto – va video qayd etish” belgisi, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari oʻrnatilgani haqida axborot beradi.
Mavzu boʻyicha videodars: 8-dars «Axborot-koʻrsatkich belgilari» →
12-savol. Turar joy dahasidan yoʻlga chiqishda yoʻl berish zarur?
- Barcha transport vositalariga
- Oʻng tomondan yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga
- Chap tomondan yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga
- Koʻk rangli yalt-yalt etuvchi chiroqcha-mayoqcha yoqilgan transport vositalariga
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Barcha transport vositalariga
Yoʻl harakati qoidalarining 126 bandiga asosan, turar joy dahalaridan chiqishda haydovchilar boshqa harakat qatnashchilariga yoʻl berishlari kerak.
13-savol. Qaysi hollarda transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi?
- Tovush signallari ishlamaydi
- Dvigatel qiyinchilik bilan ishga tushadi
- Oʻt oldirish tizimi nosoz
- Yonilgʻi darajasini koʻrsatish qurilmasi ishlamaydi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Tovush signallari ishlamaydi
Yoʻl harakati qoidalariga 3-ilova 7.2 bandiga asosan, tovushli ishora ishlamasa transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi.
Mavzu boʻyicha videodars: 41-dars «Nosozliklar: qachon haydash mumkin emas» →
14-savol. Odam tashish uchun moʻljallangan yuk avtomobili yuk xonasi bordlari balandligi:
- 0,70 metrdan kam boʻlmasligi kerak
- 1,0 metrdan kam boʻlmasligi kerak
- 1,5 metrdan kam boʻlmasligi kerak
- 1,3 metrdan kam boʻlmasligi kerak
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 4. 1,3 metrdan kam boʻlmasligi kerak
YHQ 26 – bobi 153 – bandiga asosan: Odam tashish uchun moʻljallangan yuk avtomobili yukxonasining borti 1,3 metrdan kam boʻlmasligi shart. Bunda yukxonaning pastki qismidan 0,3 — 0,5 metr balandlikda mahkamlangan oʻrindiqlar jihozlangan boʻlishi kerak.
15-savol. Yoʻlda harakatlanishni tartibga solish uchun vakolatli shaxsda oʻzi bilan boʻlishi kerak:
- Tegishli guvohnoma va taniqlik belgisi qoʻl bogʻichi
- Barcha sanab oʻtilgan belgilar
- Jezl
- Qizil chiroq (yorugʻlik qaytargich) gardish yoki bayroqcha
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Barcha sanab oʻtilgan belgilar
YHQ 1-bobi 6-bandi 44-tushunchasiga asosan, tartibga soluvchi — Oʻz.R. IIV DYHXXning, harbiy avtomobil nazorati organlari xodimi, oʻz xizmat vazifalarini bajarayotgan, ushbu qoidalarda koʻzda tutilgan ishoralar yordamida yoʻl harakatini tartibga solish vakolatiga ega boʻlgan va uni bevosita amalga oshirayotgan yoʻldan foydalanish xizmati xodimlari, temir yoʻl kesishmasi va sol kechuvlaridagi navbatchilar hamda jamoatchilik vakillari. Tartibga soluvchi maxsus kiyim va (yoki) taniqlik belgisi (qoʻl bogʻichi, jezl, qizil ishorali yorugʻlik qaytargich, qizil chiroq yoki bayroqcha)ga ega boʻlishi shart.
Mavzu boʻyicha videodars: 17-dars «Tartibga soluvchi ishoralari» →
16-savol. Chorrahani birinchi boʻlib kim kesib oʻtadi?
- Yashil avtomobil
- Qizil avtomobil
- Koʻk avtomobil
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Yashil avtomobil
YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart.
Mavzu boʻyicha videodars: 13-dars «Teng ahamiyatli chorrahalar» →
17-savol. Koʻrsatilgan holda yengil avtomobilga toʻxtab turishga ruxsat etiladimi?
- Taqiqlanadi
- Ruxsat etiladi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 1. Taqiqlanadi
YHQ 13-bobi 91-bandi 14-xatboshiga asosan, toʻxtash taqiqlanadi: transport vositasi svetofor ishoralari, yoʻl belgilarini boshqa haydovchilardan toʻsib qoʻyadigan, boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishiga) imkon qoldirmaydigan yoki piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda.
Mavzu boʻyicha videodars: 25-dars «Toʻxtash va toʻxtab turish» →
18-savol. Chorrahani kesib oʻtish navbatini koʻrsating:
- Koʻk, qizil, ayni vaqtda yashil bilan
- Qizil, koʻk, yashil
- Qizil ayni vaqtda yashil bilan, koʻk
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 3. Qizil ayni vaqtda yashil bilan, koʻk
YHQ 16-bobi 104 bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yoʻnalishidan qatʼi nazar, yoʻl berishi kerak.
Mavzu boʻyicha videodars: 15-dars «Chorraha: asosiy yoʻl burilganda» →
19-savol. Bunday taniqlik belgisi bilan belgilanadigan transport vositasi:
- Furgon yukxonasida odamlarni tashuvchi
- Uzunligi yuk bilan yoki yuksiz 20 metrdan ortiq boʻlgan transport vositasi
- Ogʻir vaznli va yirik oʻlchamli yuklarni tashuvchi
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Uzunligi yuk bilan yoki yuksiz 20 metrdan ortiq boʻlgan transport vositasi
YHQ 29-bobi 176-bandi 9-izohiga asosan, "Uzun oʻlchamli transport vositasi" — yukli va yuksiz uzunligi 20 metrdan oshadigan transport vositasining, ikki yoki undan koʻproq tirkamali avtopoezdlarning orqasida — kengligi 40 millimetr boʻlgan qizil hoshiyali, oʻlchami 1200x200 millimetr boʻlgan, sariq rangli, nur qaytaruvchi toʻrtburchak shaklidagi belgi.
20-savol. Yoʻl-transport hodisasiga daxldor boʻlgan haydovchilar birinchi navbatda bajarishlari shart:
- Hodisa sodir boʻlgan joyda toʻxtash, guvohlarning ismi-sharifini va manzilgohini yozib olish, hodisa haqida IIO xodimlariga xabar berish, shikastlanganlarga shifokor kelguncha tibbiy yordam berish uchun choralar koʻrish
- Darhol toʻxtash va hodisa sodir boʻlgan joyda qolish, majburiy toʻxtash yoritgichini yoqish va falokat sababi toʻxtash belgisini oʻrnatish
- Toʻxtash va hodisaga tegishli izlarni saqlash, ularning atrofini toʻsib, hodisa sodir boʻlgan joyni aylanib oʻtishni tashkil etish uchun hamma mumkin boʻlgan choralarni koʻrish, IIOga xabar berish, tibbiy yordam berish
Javobni koʻrsatish
Toʻgʻri javob: 2. Darhol toʻxtash va hodisa sodir boʻlgan joyda qolish, majburiy toʻxtash yoritgichini yoqish va falokat sababi toʻxtash belgisini oʻrnatish
YHQ 3 – bobi 13 – bandiga asosan, yoʻl – transport hodisasi sodir boʻlganda unga daxldor haydovchilar quyidagilarni bajarishlari shart: transport vositasini darhol toʻxtatishi, avariya ishoralarini yoqishi va avariya sababli toʻxtash belgisini oʻrnatishi, transport vositasini va hodisaga daxldor buyumlarni joyidan qoʻzgʻatmasligi.
Mavzu boʻyicha videodars: 2-dars «Haydovchining vazifalari» →
20 ta savol · javob va izoh darhol · bepul, roʻyxatdan oʻtmasdan
29-biletni onlayn yechish