Transport vositalarining joylashuvi · 8-bilet, 8-savol

Transport vositasi qachon faqat oʻng chetki boʻlakda harakatlanishi kerak?

Javob variantlari

  1. Agar harakatlanish vaqtida mahkamlangan yuk boʻshashib ketsa
  2. Transport vositasi texnik sabablarga koʻra 40 km/s dan ortiq tezlikda yura olmasa✓ Toʻgʻri javob
  3. Ogʻir vaznli va yirik oʻlchamli yuklarni tashishda
  4. Agar haydovchi oʻzini betob his qilsa

Izoh

YHQ 10-bobi 68-bandiga asosan: Tezligini soatiga 40 kilometrdan oshirishi mumkin boʻlmagan yoki texnik sabablarga koʻra tezligini bundan oshira olmaydigan transport vositalari aylanib oʻtish, quvib oʻtish, chapga burilish yoki qayrilib olish uchun qayta tizilishdan yoki ruxsat etilgan hollarda yoʻlning chap tomonida toʻxtashdan boshqa hollarda faqat chetki oʻng qatorida harakatlanishlari kerak.

«Transport vositalarining joylashuvi» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish