Transport vositalarining joylashuvi · 29-bilet, 1-savol
Yengil avtomobil haydovchilarining qaysi biri aholi punktlarida harakatlanish qoidalarini buzmoqda?
Javob variantlari
- Ikkalasi ham buzmoqda
- Faqat «Б» avtomobil haydovchisi
- Ikkalasi ham buzmayapti✓ Toʻgʻri javob
Izoh
YHQ 10-bobi 67-bandiga muvofiq, aholi punktlarida haydovchilar oʻzlariga qulay boʻlgan harakatlanish boʻlagidan foydalanishlari mumkin. Harakatlanish serqatnovligi sababli boshqa tasmalar band boʻlganda harakatlanish qatorini faqat oʻngga yoki chapga burilish, qayrilib olish, toʻxtash yoki toʻsiqni aylanib oʻtish uchun oʻzgartirishga ruxsat etiladi. Biroq, bir yoʻnalishdagi uch va undan ortiq tasmali har qanday yoʻlda chetki chap qatorni harakat serqatnovligi sababli boshqa boʻlaklar band boʻlgan hollarda, shuningdek, quvib oʻtish, chapga burilish yoki qayrilib olishga, yuk avtomobillariga faqat chapga burilish yoki qayrilib olish uchun chetki chap qatorni egallashga ruxsat etiladi.
«Transport vositalarining joylashuvi» mavzusidagi boshqa savollar
- Siz reversiv harakatli yoʻlga burildingiz. Burilishdan keyin siz qaysi boʻlak boʻylab harakatlanish huquqiga egasiz?
- Chorrahani kesib oʻtishda tramvay yoʻli boʻylab harakatlanishga ruxsat etiladimi?
- Aholi yashaydigan joylarda ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan ziyod avtomobillarning harakatlanishiga qaysi boʻlakdan ruxsat etiladi?
- Siz uchta boʻlagi boʻlgan ikki tomonlama harakatli yoʻl boʻylab ketayapsiz, oʻrta boʻlakka oʻtishga qanday holda ruxsat etiladi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.