Transport vositalarining joylashuvi · 15-bilet, 17-savol

Siz reversiv harakatli yoʻlga burildingiz. Burilishdan keyin siz qaysi boʻlak boʻylab harakatlanish huquqiga egasiz?

Javob variantlari

  1. Aholi punktlaridan tashqarida qatnov qismining iloji boricha oʻng chetiga yaqinroqda
  2. Chetki oʻng boʻlak boʻylab. Faqat reversiv svetofor yoki boshqa boʻlaklar boʻyicha ham harakatlanishga ruxsat etadigan “boʻlaklar boʻyicha harakatlanish yoʻnalishi” belgisidan oʻtgandan soʻng qayta tizilishga ruxsat etiladi✓ Toʻgʻri javob
  3. Aholi punktlarida istalgan boʻlak boʻylab harakatlanishga ruxsat etiladi

Izoh

YHQ 10-bobi 71-bandiga asosan: reversiv harakatlanishli yoʻlga burilishda haydovchi transport vositasini shunday boshqarishi kerakki, qatnov qismlari kesishmasidan chiqishda chetki oʻng qatorni egallashi kerak. Shu yoʻnalishdagi boshqa tasmalardan ham harakatlanish ruxsat etilganiga (reversiv svetofor yoki «Boʻlaklar boʻyicha harakatlanish yoʻnalishi» belgisi) ishonch hosil qilingandan keyingina qayta tizilishga ruxsat etiladi.

«Transport vositalarining joylashuvi» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish