Transport vositalarining joylashuvi · 55-bilet, 15-savol
Chorrahani kesib oʻtishda tramvay yoʻli boʻylab harakatlanishga ruxsat etiladimi?
Javob variantlari
- Yoʻl-yoʻlakay yoʻnalishdagi tramvay yoʻllari boʻylab ruxsat etiladi
- Agar tramvayga toʻsqinlik qilmasa ruxsat etiladi
- Taqiqlanadi
- Boshqa boʻlaklardan harakat serqatnov boʻlganda, aylanib oʻtishda, yoʻl-yoʻlakay yoʻnalishdagi tramvay yoʻllari boʻylab quvib oʻtishga ruxsat etiladi.(agar chorrahadan oldin 5.8.1 yoki 5.8.2 yoʻl belgilari oʻrnatilmagan boʻlsa) Bunda tramvayga xalal bermaslik kerak✓ Toʻgʻri javob
Izoh
YHQ 10-bobi 69-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Bir yoʻnalishdagi qatnov qismining chap tomonida u bilan bir sathda joylashgan tramvay yoʻlidan, shu yoʻnalishdagi boshqa tasmalar band boʻlganda harakatlanishga, shuningdek, aylanib oʻtishga, chapga burilish va qayrilib olishga ushbu Qoidalarning 56-bandini hisobga olgan holda ruxsat etiladi. Biroq bu tramvayga xalaqit bermasligi kerak. Qarama-qarshi yoʻnalishdagi tramvay yoʻlidan harakatlanish taqiqlanadi.
«Transport vositalarining joylashuvi» mavzusidagi boshqa savollar
- Aholi yashaydigan joylarda ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan ziyod avtomobillarning harakatlanishiga qaysi boʻlakdan ruxsat etiladi?
- Siz uchta boʻlagi boʻlgan ikki tomonlama harakatli yoʻl boʻylab ketayapsiz, oʻrta boʻlakka oʻtishga qanday holda ruxsat etiladi?
- Relssiz transport vositalarining harakatlanishi uchun boʻlaklar soni qanday aniqlanadi?
- Ikki tomonlama harakatli yoʻlda uchta boʻlak bor, siz oʻngga burilishingiz zarur. Siz ushbu manevrni qaysi boʻlakdan amalga oshirasiz?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.