Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash · 35-bilet, 8-savol
Transport vositalaridan foydalanish va texnik holatiga javobgar mansabdor shaxslar majbur:
Javob variantlari
- Barcha sanab oʻtilganlarni bajarishga✓ Toʻgʻri javob
- Belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmagan transport vositalarini yoʻlga chiqarmaslikka
- Texnik holati va jihozlari qoidalarning talablariga mos kelmaydigan transport vositalarini yoʻlga chiqarmaslikka
- Belgilangan muddatda tibbiyot koʻrigidan oʻtmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishiga yoʻl qoʻymaslikka
Izoh
YHQ 29-bobi 180-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilariga asosan, transport vositalarining texnik holatiga va ulardan foydalanishga javobgar boʻlgan mansabdor va boshqa shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi: texnik nosoz, tegishli ruxsatsiz qayta jihozlangan, belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmagan yoki davriy davlat texnik koʻrigidan oʻtkazilmaganligi tufayli foydalanish taqiqlangan transport vositalarini yoʻlga chiqarish;
mastlik (giyohvand moddalar, alkagol va boshqalar) holatida yoki sezgirlik va eʼtiborni susaytiradigan dori-darmonlar taʼsirida, yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soladigan charchoqlik yoki betoblik holatida, shuningdek tegishli toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqi boʻlmagan, belgilangan muddatda tibbiy koʻrikdan oʻtmagan, transport vositalari egalarining Fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi boʻlmagan shaxslarni transport vositasini boshqarishga qoʻyish.
«Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash» mavzusidagi boshqa savollar
- Qaysi hollarda avtomobillar shunday taniqlik belgilari bilan belgilanadi?
- Transport vositalari ushbu taniqlik belgilari bilan belgilanadi:
- Transport vositasi ushbu taniqlik belgisi bilan belgilanadi:
- Kunning qorongʻi vaqtida va yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitlarda yoʻlda qoldirilgan yoʻl mashinalari, qurilish materiallari, qurilmalar va hokazolar belgilanishi kerak:
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.