Yoʻnalishli transport vositalarining imtiyozlari · 35-bilet, 9-savol
Ushbu holatda qaysi transport vositasi yoʻl berishi kerak?
Javob variantlari
- Yengil avtomobil
- Avtobus✓ Toʻgʻri javob
Izoh
Yoʻl harakati qoidalarining 133 bandiga asosan, haydovchilar aholi punktlarida bekatdan harakatlanishni boshlayotgan avtobus va trolleybuslarga yoʻl berishlari kerak. Oʻz navbatida avtobus va trolleybus haydovchilari oʻzlariga yoʻl berilganligiga ishonch hosil qilganliklaridan keyingina harakatlanishni boshlashlari mumkin.
Yoʻnalishli transport vositalariga bekatlardan tashqari joylarda yoʻlovchi olish va tushirish taqiqlanadi (yoʻnalishli taksilar bundan mustasno).
«Yoʻnalishli transport vositalarining imtiyozlari» mavzusidagi boshqa savollar
- Yoʻnalishli boʻlmagan transport vositalari “A” harfi bilan belgilangan oʻng boʻlakda qaysi holatlarda harakatlanishlari mumkin?
- Tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega boʻlmagan holat:
- Qaysi transport vositalariga yoʻlovchilarni tushirishga ruxsat etiladi?
- Faqat belgilangan yoʻnalishli transport vositalariga qatnov qismida ajratilgan tasmasida boshqa turdagi transport vositalari harakatlanishga ruxsat etiladimi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.