Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash · 40-bilet, 8-savol

Kunning qorongʻi vaqtida va yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitlarda yoʻlda qoldirilgan yoʻl mashinalari, qurilish materiallari, qurilmalar va hokazolar belgilanishi kerak:

Javob variantlari

  1. Barcha sanab oʻtilgan hollar bajarilishi kerak✓ Toʻgʻri javob
  2. Qizil yoki sariq yoritkich chiroqlari bilan
  3. Yoʻnaltiruvchi va tevaragini oʻrovchi moslamalar bilan
  4. Tegishli yoʻl belgilari bilan

Izoh

YHQ 29-bobi 182-bandiga asosan: Yoʻllarda taʼmirlash ishlarini bajarishga javobgar mansabdor va boshqa shaxslar ishlar olib borilayotgan joyda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga majbur. Bunday joylar, shuningdek yoʻldan tashqariga olib chiqish imkoniyati boʻlmagan ish bajarmayotgan yoʻl mashinalari, qurilish materiallari, qurilma va shunga oʻxshashlar tegishli yoʻl belgilari, yoʻnaltiruvchi va toʻsuvchi moslamalar bilan, sutkaning qorongʻi vaqtida va yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda esa, qoʻshimcha qizil yoki sariq chiroqli ishoralar bilan belgilanishi kerak. Taʼmirlash ishlari tugagandan soʻng transport vositalari va piyodalarning xavfsiz harakatlanishi taʼminlangan boʻlishi kerak.

«Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish