Harakatlanish taqiqlanadigan vaziyatlar · 3-bilet, 16-savol
Toʻxtab turish tormoz tizimi qanchadan kam boʻlgan qiyalikda M toifadagi avtotransport vositalarini harakatsiz holatda ushlab tura olmasa, bu avtotransport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi?
Javob variantlari
- 18 %
- 24 %
- 20 %
- 25 %✓ Toʻgʻri javob
Izoh
Yoʻl harakati qoidalarining 3-ilovasi (Tormoz tizimlari) 1.5-bandiga muvofiq:
Toʻxtab turish tormoz tizimi (ruchnoy tormoz) transport vositasini quyidagi qiyaliklarda harakatsiz holatda ushlab tura olmasa, ulardan foydalanish taqiqlanadi:
M1, M2 va M3 toifali (barcha yengil avtomobillar, mikroavtobus va avtobuslar) hamda N1, N2 va N3 toifali (barcha yuk avtomobillari) transport vositalarini toʻla vazn bilan — 16 foizli qiyalikda;
M toifadagi (yoʻlovchi tashuvchi yengil avtomobil va avtobuslar) transport vositalarini jihozlangan (yuksiz, faqat haydovchi bilan) holatda — 25 foizli qiyalikda;
N toifadagi (yuk avtomobillari) transport vositalarini jihozlangan holatda — 31 foizli qiyalikda.
«Harakatlanish taqiqlanadigan vaziyatlar» mavzusidagi boshqa savollar
- Sanab oʻtilgan sharoitlarning qaysi birlarida transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi?
- M1 toifadagi transport vositalari shinalari protektori naqshining qoldiq balandligi necha mm. dan kam boʻlmasligi kerak?
- Transport vositalaridan qanday sharoitlarda foydalanishga ruxsat etiladi?
- Motosikllarning shinalari naqshining qoldiq chuqurligi qanchadan kam boʻlmasligi kerak?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.