Harakatlanish taqiqlanadigan vaziyatlar · 12-bilet, 17-savol
Yengil avtomobilda tumanga qarshi faralarning nechtasini oʻrnatishga ruxsat etiladi?
Javob variantlari
- Ikkita✓ Toʻgʻri javob
- Haydovchining xohishiga koʻra
- Toʻrtta
Izoh
YHQ 3-ilovasi 3-boʻlimining 3.1-bandiga asosan: Tashqi yoritqichlar soni, turi, joylashuvi va ishlash tartibi transport vositasining konstruksiyasi talabiga mos kelmasa foydalanish taqiqlanadi. Ishlab chiqarilishi toʻxtatilgan yengil avtomobillarga boshqa turdagi va rusumdagi transport vositalarining tashqi yoritqichlarini oʻrnatishga ruxsat etiladi.
Eslatma: Mototsikl, mopedlar bitta, boshqa transport vositalari esa ikkita tumanga qarshi faralar bilan jihozlangan boʻlishi mumkin.
«Harakatlanish taqiqlanadigan vaziyatlar» mavzusidagi boshqa savollar
- Transport vositasining bitta oʻqiga har xil naqshli shinalarni oʻrnatishga ruxsat etiladimi?
- Toʻxtab turish tormoz tizimi qanchadan kam boʻlgan qiyalikda M toifadagi avtotransport vositalarini harakatsiz holatda ushlab tura olmasa, bu avtotransport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi?
- Sanab oʻtilgan sharoitlarning qaysi birlarida transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi?
- M1 toifadagi transport vositalari shinalari protektori naqshining qoldiq balandligi necha mm. dan kam boʻlmasligi kerak?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.