Toʻxtash va toʻxtab turish qoidalari 1 · 41-bilet, 2-savol

Qanday hollarda toʻxtab turish taqiqlanadi?

Javob variantlari

  1. Piyodalarning oʻtish joyi oldidan 10 metrdan koʻp qolganda
  2. Barcha sanab oʻtilgan hollarda
  3. Qatnov qismi kesishmasining chekkasidan 30 metrdan koʻp qolganda
  4. Transport vositalarining harakatlanishiga imkon qoldirmaydigan kirishga yoki chiqishga va piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda✓ Toʻgʻri javob
  5. Piyodalar oʻtish joyidan keyin 1 metr masofa uzoqlikda

Izoh

YHQ 13-bob 91-bandiga asosan: Quyidagi joy va holatlarda toʻxtash taqiqlanadi: piyodalar oʻtish joylarida va ulardan oldin 10 metrdan kam masofa qolganda;
qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 30 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishadigan chorrahalarda yondan tutashgan yoʻlning sidirgʻa chiziq yoki ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno);
transport vositasi svetofor ishoralari, yoʻl belgilarini boshqa haydovchilardan toʻsib qoʻyadigan, boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishga) imkon qoldirmaydigan yoki piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda.

«Toʻxtash va toʻxtab turish qoidalari 1» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish