Transport vositalarining joylashuvi · 3-bilet, 4-savol
Avtomobillar harakatlanayotgan qatnov qismida necha harakatlanish tasmasi bor?
Javob variantlari
- Uchta tasma
- Bitta tasma
- Ikkita tasma✓ Toʻgʻri javob
Izoh
YHQning 10-bob. 64-band 1-xatboshiga asosan: 64. Relssiz transport vositalari harakatlanadigan tasmalar soni chiziqlar va (yoki) 5.8.1, 5.8.2, 5.8.7, 5.8.8 yoʻl belgilari bilan belgilanadi. Bunday chiziqlar yoki yoʻl belgilari boʻlmasa, haydovchilar harakatlanish tasmalari sonini, qatnov qismining kengligini, transport vositalari orasidagi zarur yonlama oraliq masofani va ularning gabarit oʻlchamlarini hisobga olgan holda oʻzlari aniqlaydilar. Bunda harakatlanish ikki tomonlama boʻlgan yoʻl qatnov qismining chap tomondagi yarmi, qatnov qismining joylardagi kengayishlari (sekinlashish va tezlashish tasmalari, balandlikka koʻtarilishdagi qoʻshimcha tasmalar, yoʻnalishli transport vositalarining toʻxtash joylaridagi kengayishlar)ni hisobga olmagan holda, qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan deb hisoblanadi.
Savoldagi belgilar
Har bir belgi haqida batafsil: nimani anglatadi, qayerda oʻrnatiladi va haydovchi nima qilishi kerak.
«Transport vositalarining joylashuvi» mavzusidagi boshqa savollar
- Harakat tezligi 40 km/soatdan oshmaydigan transport vositasiga qatnov qismining oʻng qatoridan chiqishga qachon ruxsat etiladi? (53-bilet, 10-savol)
- Aholi yashash joylaridan tashqaridagi ikki tomonlama harakat tashkil etilgan ikki tasmali yoʻllarda tezligini soatiga 50 kilometrdan oshirishi mumkin boʻlmagan, shuningdek, uzunligi 7 metrdan ortiq boʻlgan transport vositalarining (transport vositalarining tarkibi) haydovchilari oʻzi va oldida harakatlanayotgan transport vositasi orasida qancha masofani saqlashlari kerak?
- Ushbu avtomobil qaysi yoʻnalishlarda harakatlanishga ruxsat beriladi?
- Harakat tezligi 40 km/soatdan oshmaydigan transport vositasiga qatnov qismining oʻng qatoridan chiqishga qachon ruxsat etiladi? (62-bilet, 4-savol)
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.



