Harakatlanish taqiqlanadigan vaziyatlar · 18-bilet, 6-savol
N2, N3; O3; O4 toifadagi transport vositalari shina protektori naqshlarining qoldiq balandligi qanchadan kam boʻlmasligi kerak?
Javob variantlari
- 1,6 mm
- 2 mm
- 0,5 mm
- 3 mm
- 1 mm✓ Toʻgʻri javob
Izoh
YHQ 3-ilovasining 5.1-bandiga muvofiq, agar shina protektori naqshlarining qoldiq balandligi N2, N3, O3, O4 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 1,0 mm dan kam boʻlsa; M1, N1, O1, O2 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 1,6 mm dan, kam boʻlsa; M2, M3 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 2,0 mm dan kam boʻlsa; motosikl va mopedlar (skuterlar, Kvadrosikllar) uchun — 0,8 mm dan kam boʻlsa transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi.
«Harakatlanish taqiqlanadigan vaziyatlar» mavzusidagi boshqa savollar
- Kunning qorongʻi vaqtida sunʼiy yoritilmagan yoʻllarda yoki yetarli koʻrinmaslik sharoitida yonmaydigan orqa gabarit chiroqlari bilan toʻxtab turish yoki taʼmirlash joyiga borishga ruxsat beriladimi?
- Agar transport vositasining ishchi tormozining samaradorligi Qoidalar talabiga javob bermasa, u holda siz majbursiz:
- Agar pnevmatik yuritmaning zichligi buzilib, kompressor ishlamay turganda boshqaruv asboblarining erkin holatida havo bosimining 30 daqiqada qancha MPa-ga pasayishiga sabab boʻlsa, tormoz tizimi nosoz hisoblanadi?
- Qanday sharoitlarda transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.