Ogohlantiruvchi va avariya ishoralari · 46-bilet, 1-savol
Kunning yorugʻ vaqtida aholi punktlaridan tashqarida Siz quvib oʻtayotgan transport vositasi haydovchisining eʼtiborini qanday jalb qilasiz?
Javob variantlari
- Faqat tovush ishorasi bilan
- Sanab oʻtilgan barcha usul bilan va ularni birga qoʻllash bilan✓ Toʻgʻri javob
- Faqat yorugʻlik faralarini qisqa-qisqa yoqib oʻchirish bilan
Izoh
Yoʻl harakati qoidalarining 49 bandiga asosan, quvib oʻtish haqida tovushli ishora oʻrniga yoki u bilan birga fara chiroqlarini yoqib-oʻchirib, ogohlantirish ishorasini ham berish mumkin.
Yoʻl harakati qoidalarining 48 bandiga asosan, tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qoʻllanilishi mumkin: aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib oʻtish haqida ogohlantirish uchun; zarur boʻlgan hollarda yoʻl-transport hodisasining oldini olish uchun.
Yuqorida koʻrsatilgan hollardan tashqari tovushli ishoralardan foydalanish taqiqlanadi.
«Ogohlantiruvchi va avariya ishoralari» mavzusidagi boshqa savollar
- Kunning yorugʻ vaqtida aholi punktlaridan tashqarida Siz quvib oʻtayotgan transport vositasi haydovchisining eʼtiborini qanday jalb qilasiz? (48-bilet, 6-savol)
- Burilish koʻrsatkichi bilan berilayotgan ogohlantiruvchi ishora qachon toʻxtatilishi kerak?
- Chap qoʻlni yonga choʻzish yoki oʻng qoʻlni tirsakdan toʻgʻri burchak ostida bukib, yuqoriga koʻtarish ishorasi nimani bildiradi?
- Motosikl haydovchisi qoʻlini yuqoriga koʻtarib nima haqida axborot berayapti?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.