Ogohlantiruvchi va avariya ishoralari · 14-bilet, 1-savol
Motosikl haydovchisi qoʻlini yuqoriga koʻtarib nima haqida axborot berayapti?
Javob variantlari
- Harakatni davom ettirish haqida
- Toʻxtash haqida✓ Toʻgʻri javob
- Oʻnga burilmoqchi ekanligi haqida
Izoh
Yoʻl harakati qoidalarining 45 bandiga asosan, haydovchi harakatlanishni boshlashdan, qayta tizilishdan, burilish (qayrilib olish)dan va toʻxtashdan oldin tegishli yoʻnalishni koʻrsatuvchi yorugʻlik ishoralarini yoqishi, ular boʻlmaganda yoki ishlamaganda qoʻl bilan ishoralar berishi shart.
Toʻxtash ishorasi chap yoki oʻng qoʻlni yuqoriga koʻtarib beriladi.
«Ogohlantiruvchi va avariya ishoralari» mavzusidagi boshqa savollar
- Qaysi holatlarda aholi punktlarida tovushli ishoralardan foydalanish mumkin?
- Aholi punktlaridan tashqarida quvib oʻtishda qanday ogohlantirish ishoralaridan foydalanish mumkin?
- Aholi punktlarida quvib oʻtishda qanday ogohlantirish ishoralaridan foydalanish mumkin?
- Qaysi holda qoidalar ogohlantirish ishorasini berishni talab qilmaydi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.