Ogohlantiruvchi va avariya ishoralari · 4-bilet, 18-savol
Burilish koʻrsatkichi bilan berilayotgan ogohlantiruvchi ishora qachon toʻxtatilishi kerak?
Javob variantlari
- Manevr bajarayotganda
- Manevr bajargandan soʻng darhol✓ Toʻgʻri javob
- Manevr bajarishdan oldin
Izoh
Yoʻl harakati qoidalarining 46 bandiga asosan, burilish koʻrsatkichi yoki qoʻl bilan berilayotgan ishora manevrni bajarishdan oldinroq berilishi va uni tugallagach, darhol toʻxtatilishi kerak (qoʻl bilan berilayotgan ishorani manevrni bevosita bajarishdan oldin tugallash mumkin).
«Ogohlantiruvchi va avariya ishoralari» mavzusidagi boshqa savollar
- Chap qoʻlni yonga choʻzish yoki oʻng qoʻlni tirsakdan toʻgʻri burchak ostida bukib, yuqoriga koʻtarish ishorasi nimani bildiradi?
- Motosikl haydovchisi qoʻlini yuqoriga koʻtarib nima haqida axborot berayapti?
- Qaysi holatlarda aholi punktlarida tovushli ishoralardan foydalanish mumkin?
- Aholi punktlaridan tashqarida quvib oʻtishda qanday ogohlantirish ishoralaridan foydalanish mumkin?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.