Ogohlantiruvchi va avariya ishoralari · 15-bilet, 1-savol
Chap qoʻlni yonga choʻzish yoki oʻng qoʻlni tirsakdan toʻgʻri burchak ostida bukib, yuqoriga koʻtarish ishorasi nimani bildiradi?
Javob variantlari
- Chapga burilishni yoki qayrilib olishni✓ Toʻgʻri javob
- Oʻngga burilish yoki qayrilib olishni
- Toʻxtashni
Izoh
Yoʻl harakati qoidalarining 45 bandiga asosan, haydovchi harakatlanishni boshlashdan, qayta tizilishdan, burilish (qayrilib olish)dan va toʻxtashdan oldin tegishli yoʻnalishni koʻrsatuvchi yorugʻlik ishoralarini yoqishi, ular boʻlmaganda yoki ishlamaganda qoʻl bilan ishoralar berishi shart.
Chapga burilish (qayrilib olish)ni bildiruvchi ishoraga chap qoʻlni yonga uzatish yoki oʻng qoʻlni tirsakdan toʻgʻri burchak ostida bukib, yuqoriga koʻtarish mos keladi.
«Ogohlantiruvchi va avariya ishoralari» mavzusidagi boshqa savollar
- Motosikl haydovchisi qoʻlini yuqoriga koʻtarib nima haqida axborot berayapti?
- Qaysi holatlarda aholi punktlarida tovushli ishoralardan foydalanish mumkin?
- Aholi punktlaridan tashqarida quvib oʻtishda qanday ogohlantirish ishoralaridan foydalanish mumkin?
- Aholi punktlarida quvib oʻtishda qanday ogohlantirish ishoralaridan foydalanish mumkin?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.