Toʻxtash va toʻxtab turish qoidalari 2 · 32-bilet, 3-savol
Chorrahaning koʻrsatilgan joyida Sizga toʻxtashga ruxsat etiladimi?
Javob variantlari
- Taqiqlanadi✓ Toʻgʻri javob
- Ruxsat etiladi, agarda Sizning transport vositangiz bilan sidirgʻa chiziq orasidagi masofa 3 metrdan ortiq boʻlsa?
- Ruxsat etiladi
Izoh
Yoʻl harakati qoidalarining 91 bandiga asosan, quyidagilarda toʻxtash taqiqlanadi: qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 30 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishadigan chorrahalarda yondan tutashgan yoʻlning sidirgʻa chiziq yoki ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno).
«Toʻxtash va toʻxtab turish qoidalari 2» mavzusidagi boshqa savollar
- Sizga koʻrsatilgan joyda yengil avtomobilda toʻxtashga ruxsat etiladimi?
- Transport vositalarini qatnov qismining kengaytirilmagan joylarida qanday tartibda toʻxtash va toʻxtab turishga ruxsat etiladi?
- Toʻxtab turish qoidasini kim buzdi?
- Bu joyda yoʻlovchilarni chiqarish yoki tushirish maqsadida toʻxtash mumkinmi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.