Haydovchining umumiy vazifalari · 55-bilet, 16-savol
Piyoda yalt-yalt etuvchi mayoqcha va maxsus tovushli ishoralarni yoqib kelayotgan transport vositasi yaqinlashib qolganda qanday yoʻl tutishi kerak?
Javob variantlari
- Agar piyodalar oʻtish joyida boʻlsa, qatnov qismidan oʻtishi
- Mumkin qadar tezroq qatnov qismidan oʻtib olishi
- Qatnov qismidan oʻtmasligi✓ Toʻgʻri javob
Izoh
YHQ 4-bobining 21-bandiga asosan, tezkor va maxsus xizmatlarning koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan transport vositalari yaqinlashib kelayotgan boʻlsa, piyodalar qatnov qismidan oʻtmasliklari, unda harakatlanayotganlari esa, ushbu transport vositalariga yoʻl berishlari va zudlik bilan qatnov qismini boʻshatishlari kerak.
«Haydovchining umumiy vazifalari» mavzusidagi boshqa savollar
- Roʻparadan kelayotgan avtomobil haydovchisi qanday yoʻl tutishi kerak?
- Yuk avtomobili haydovchisi rasmda koʻrsatilgan holatda maxsus tovush ishorasini eshitib yoki miltillovchi ishorani koʻrib nima qilishi kerak?
- Tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari yoʻl harakatining boshqa qatnashchilariga nisbatan imtiyozga ega boʻlishi uchun:
- Koʻk rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalari va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan maxsus transport vositasi chorrahani nechanchi boʻlib kesib oʻtadi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.