Transport vositalarining joylashuvi · 38-bilet, 20-savol

Relssiz transport vositalarining harakatlanishi uchun boʻlaklar soni qanday aniqlanadi?

Javob variantlari

  1. Yoʻl yotiq chizigʻi bilan
  2. Barcha sanab oʻtilgan usullar bilan✓ Toʻgʻri javob
  3. Boʻlaklar boʻyicha harakatlanish yoʻnalishi yoki «Boʻlak boʻyicha harakatlanish yoʻnalishi» yoʻl belgilari bilan
  4. Haydovchining oʻzi tomonidan qatnov qismining kengligini, transport vositalarining oʻlchamlarini va ular oʻrtasidagi zarur yonlama oraliq masofani hisobga olib

Izoh

Yoʻl harakati qoidalarining 10 bobi 64 bandiga asosan, relssiz transport vositalari harakatlanadigan tasmalar soni chiziqlar va (yoki) 5.8.1, 5.8.2, 5.8.7, 5.8.8 yoʻl belgilari bilan belgilanadi. Bunday chiziqlar yoki yoʻl belgilari boʻlmasa, haydovchilar harakatlanish tasmalari sonini, qatnov qismining kengligini, transport vositalari orasidagi zarur yonlama oraliq masofani va ularning gabarit oʻlchamlarini hisobga olgan holda oʻzlari aniqlaydilar. Bunda harakatlanish ikki tomonlama boʻlgan yoʻl qatnov qismining chap tomondagi yarmi, qatnov qismining joylardagi kengayishlari (sekinlashish va tezlashish tasmalari, balandlikka koʻtarilishdagi qoʻshimcha tasmalar, yoʻnalishli transport vositalarining toʻxtash joylaridagi kengayishlar)ni hisobga olmagan holda, qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan deb hisoblanadi.
Tramvay yoʻli, ajratuvchi tasma, uzluksiz 1.1, 1.3 yoʻl chiziqlar yoki uzuq-uzuq tomoni chapda joylashgan 1.11 yoʻl chizigʻi bilan ajratilgan yoʻllarda qarama-qarshi yoʻnalishga chiqish taqiqlanadi.

Savoldagi belgilar

Har bir belgi haqida batafsil: nimani anglatadi, qayerda oʻrnatiladi va haydovchi nima qilishi kerak.

«Transport vositalarining joylashuvi» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish