Transport vositalarining joylashuvi · 23-bilet, 17-savol
Ikki tomonlama harakatli yoʻlda uchta boʻlak bor, siz oʻngga burilishingiz zarur. Siz ushbu manevrni qaysi boʻlakdan amalga oshirasiz?
Javob variantlari
- Oʻrta boʻlakdan, lekin faqat oʻng boʻlak band boʻlgan vaqtda
- Oʻng yoki oʻrta boʻlakdan
- Oʻng boʻlakdan✓ Toʻgʻri javob
- Oʻrta boʻlakdan
Izoh
YHQ 9-bobi 56-bandiga muvofiq, haydovchi aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda oʻngga burilishdan oldinroq shu yoʻnalishda harakatlanishi uchun moʻljallangan qatnov qismining eng chetki oʻng holatini egallashi shart. Shu sababli oʻngga burilish oʻng boʻlakdan amalga oshiriladi.
«Transport vositalarining joylashuvi» mavzusidagi boshqa savollar
- Uch boʻlakli boʻlgan ikki tomonlama harakatlanadigan yoʻllarda roʻparadagi harakat uchun moʻljallangan chetki chap boʻlakka oʻtishga ruxsat etiladimi?
- Koʻk avtomobilga qaysi yoʻnalishda harakatlanishga ruxsat etiladi?
- Burilish vaqtida qatnov qismining kesishmasidan chiqishda transport vositasi qayerda boʻlmasligi kerak?
- Koʻk avtomobilning haydovchisiga quvib oʻtishga ruxsat etiladimi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.