Toʻxtash va toʻxtab turish qoidalari 1 · 27-bilet, 19-savol
Yetarli koʻrinmaslik sharoitida yoʻlning yoritilmagan qismida toʻxtagan yoki toʻxtab turgan mexanik transport vositasining haydovchisi bajarishi kerak:
Javob variantlari
- Tumanga qarshi faralarni yoki yaqinni yoritish faralarini yoqishi
- Gabarit chiroqlarini yoqishi✓ Toʻgʻri javob
- Faralarning uzoqni yoritish chiroqlarini yoqishi
Izoh
YHQ 23-bobi 136-bandiga asosan: Qorongʻi vaqtda yoʻlning yoritilmagan qismida, shuningdek yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda toʻxtagan yoki toʻxtab turgan transport vositasida gabarit chiroqlari yoqilgan boʻlishi kerak.
Yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda gabarit chiroqlariga qoʻshimcha ravishda yaqinni yorituvchi fara chiroqlari, tumanga qarshi fara chiroqlari va tumanga qarshi orqa fara chiroqlari yoqilishi mumkin.
«Toʻxtash va toʻxtab turish qoidalari 1» mavzusidagi boshqa savollar
- Qaysi hollarda bir yoʻnalishda harakatlanish uchun uchtadan kam boʻlagi boʻlgan yoʻlda toʻxtash va toʻxtab turish taqiqlanadi?
- Koʻrsatilgan holda yengil avtomobilga toʻxtab turishga ruxsat etiladimi?
- Yoʻl yoqasida qaysi transport vositalarining haydovchilari qoidani buzib toʻxtadilar?
- Haydovchi oʻz joyidan ketishi yoki transport vositasini qoldirishi mumkin, agar:
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.