Transport vositalarining joylashuvi · 48-bilet, 4-savol

Haydovchi oʻzidan oldinda harakatlanayotgan transport vositasi bilan qancha oraliq masofa saqlab harakatlanishi kerak?

Javob variantlari

  1. Haydovchi oʻzidan oldinda harakatlanayotgan transport vositasi keskin tormoz berganida toʻqnashib ketmaslik kafolatini beradigan darajadagi oraliq masofani saqlashi kerak✓ Toʻgʻri javob
  2. 20 m
  3. 50 m

Izoh

Yoʻl harakati qoidalarining 73 bandiga asosan, haydovchi oʻzidan oldinda harakatlanayotgan transport vositasi keskin tormoz berganda, toʻqnashib ketmaslik kafolatini beradigan darajadagi oraliq masofani, shuningdek, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlaydigan yonlama oraliq masofani saqlashi kerak.

«Transport vositalarining joylashuvi» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish