Axborot-ishora belgilari

5.20.1 yoʻl belgisi «Yoʻnalishlarning dastlabki koʻrsatkichi»

5.20.1 yoʻl belgisi «Yoʻnalishlarning dastlabki koʻrsatkichi»
5.20.1

5.20.1 belgisi nimani anglatadi

Belgida koʻrsatilgan aholi punktlari va boshqa manzillarga harakatlanish yoʻnalishini oldindan bildiradi.

Qayerda oʻrnatiladi

Chorrahadan oldin oʻrnatiladi; belgining past qismida belgidan chorrahagacha boʻlgan masofa koʻrsatiladi. Belgida 5.29.1 yoʻl raqami, avtomagistral, aeroport va boshqa ramziy belgilar, shuningdek harakat tartibi haqida xabar beruvchi boshqa belgilarning tasviri boʻlishi mumkin.

3.11–3.15 taqiqlovchi belgilaridan biri oʻrnatilgan yoʻl qismini aylanib oʻtish yoʻnalishini koʻrsatish uchun ham qoʻllanadi.

Aholi punktlaridan tashqarida oʻrnatilgan 5.20.1, 5.20.2, 5.21.1 va 5.21.2 belgilaridagi yashil yoki koʻk rang koʻrsatilgan manzilga avtomagistral yoki boshqa yoʻl orqali borish mumkinligini, oq rang esa obyekt shu aholi punktida joylashganini bildiradi.

Haydovchi nima qilishi kerak

Shu belgiga oid test savollari

Trenajyorda shu belgiga bogʻliq savollar bor.

Shu guruhdagi boshqa belgilar

Qoʻngʻiroq qilish