Axborot ishora belgilari · 47-bilet, 9-savol
Bu belgidagi koʻk fonda aholi yashaydigan joyning nomi yozilgan qoʻshimcha nimani bildiradi?
Javob variantlari
- Bu manzil shu aholi yashaydigan joydan tashqarida joylashganini va u manzilga avtomagistral boʻlmagan, boshqa yoʻl orqali borilishni✓ Toʻgʻri javob
- Koʻrsatilgan manzil mazkur aholi yashaydigan joyda joylashgan
- Koʻrsatilgan aholi manziliga harakatlanish avtomagistral boʻylab amalga oshiriladi
Izoh
YHQ 1-ilovasi 5-boʻlimining oʻttiz sakkizinchi va oltmish sakkizinchi xatboshilariga asosan: 5.21.1. «Yoʻnalish koʻrsatkichi». Aholi punktida oʻrnatilgan 5.20.1 yoʻl belgisidagi yashil, koʻk rang koʻrsatilgan aholi punktiga yoki obyektga ushbu aholi punktidan chiqgandan soʻng avtomagistral yoxud boshqa yoʻl orqali harakatlanish mumkinligini anglatadi, oq rang esa koʻrsatilgan obyekt shu aholi punktida joylashganligini bildiradi.
Savoldagi belgilar
Har bir belgi haqida batafsil: nimani anglatadi, qayerda oʻrnatiladi va haydovchi nima qilishi kerak.
«Axborot ishora belgilari» mavzusidagi boshqa savollar
- Qaysi belgi «Bir tomonlama harakatlanish yoʻlining oxiri» deb ataladi?
- Qaysi transport vositalariga bu belgi oʻrnatilgan yoʻl boʻylab harakatlanishga ruxsat etilgan?
- Ushbu belgilardan qaysi biri bir tomonlama harakat tashkil qilingan yoʻlning boshida oʻrnatiladi?
- Koʻrsatilgan qaysi belgi reversiv harakat boshlanishi haqida axborot beradi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.
