1.20 yoʻl belgisi «Piyodalar oʻtish joyi»

1.20 belgisi nimani anglatadi
5.16.1, 5.16.2, 5.48 belgilari va (yoki) 1.14.1–1.14.4, 1.29.1–1.29.3 yoʻl chiziqlari bilan belgilangan piyodalar oʻtish joyiga yaqinlashayotganlikdan ogohlantiradi.
Qayerda oʻrnatiladi
Aholi punktlarida xavfli joydan 50–100 metr oldin, aholi punktlaridan tashqarida esa 150–300 metr oldin oʻrnatiladi. Zarur hollarda boshqa masofada ham qoʻyilishi mumkin — u holda masofa belgi ostidagi 7.1.1 «Obyektgacha boʻlgan masofa» qoʻshimcha belgisida koʻrsatiladi. Xavfli qismning uzunligi 7.2.1 «Taʼsir oraligʻi» belgisi bilan koʻrsatilishi mumkin.
Haydovchi nima qilishi kerak
- Tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyida qatnov qismini kesib oʻtayotgan piyodalarga yoʻl berish kerak.
- Piyodalar oʻtish joylarida quvib oʻtish taqiqlanadi (YHQ 86-band).
- Piyodalar oʻtish joylarida qayrilib olish taqiqlanadi (YHQ 62-band).
- Piyodalar oʻtish joylarida va ulardan oldin 10 metrdan kam masofa qolganda toʻxtash taqiqlanadi (YHQ 91-band).
Shu belgiga oid test savollari
Trenajyorda shu belgiga bogʻliq savollar bor.
Mazkur yoʻl belgisi nimani bildiradi?
Toʻgʻri javob: Yoʻlning piyodalar oʻtish joyi boʻlgan qismini
11-bilet, 5-savolni ochishQaysi belgi tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyiga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi?
Toʻgʻri javob: Faqat A
28-bilet, 8-savolni ochishQaysi belgi tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyiga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi?
Toʻgʻri javob: Faqat A
57-bilet, 10-savolni ochish





