Harakatlanish taqiqlanadigan vaziyatlar · 25-bilet, 10-savol
Yonilgʻi tizimi zich (germetik) emasligi maʼlum boʻlganda, haydovchi nimalarni bajarishi shart?
Javob variantlari
- Nosozlikni bartaraf etish tadbirlarini koʻrishi, agar buning imkoni boʻlmasa, zarur ehtiyot choralariga rioya qilgan holda toʻxtab turish yoki taʼmirlash joyiga olib borish✓ Toʻgʻri javob
- Bundan keyingi harakatni toʻxtatish
- Belgilangan safarni davom ettirish
Izoh
YHQ 3 – ilovasi 6 – boʻlimining 6.2 – bandiga asosan: yonilgʻi uzatish tizimi zich boʻlmasa foydalanish taqiqlanadi. YHQ 2 – bob 12 – bandi 11 – xatboshiga asosan: Harakatlanish vaqtida ushbu Qoidalarga 3-ilovada koʻrsatilgan transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlar yuzaga kelganda, haydovchi ularni bartaraf etishi, agar buning iloji boʻlmasa, zarur boʻlgan ehtiyot choralarini koʻrgan holda taʼmirlash yoki toʻxtab turish joyiga evakuator yoki shatakka olish orqali transport vositasini olib borish choralarini koʻrishi mumkin.
«Harakatlanish taqiqlanadigan vaziyatlar» mavzusidagi boshqa savollar
- Sanab oʻtilgan qaysi hollarda transport vositasidan foydalanish mumkin?
- Agar transport vositalarining tuzilishida koʻzda tutilgan orqani koʻrsatadigan koʻzgular boʻlmasa, avtomobildan foydalanishga ruxsat etiladimi?
- N2, N3; O3; O4 toifadagi transport vositalari shina protektori naqshlarining qoldiq balandligi qanchadan kam boʻlmasligi kerak?
- Kunning qorongʻi vaqtida sunʼiy yoritilmagan yoʻllarda yoki yetarli koʻrinmaslik sharoitida yonmaydigan orqa gabarit chiroqlari bilan toʻxtab turish yoki taʼmirlash joyiga borishga ruxsat beriladimi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.