Toʻxtash va toʻxtab turish qoidalari 1 · 32-bilet, 17-savol
Yoʻl yoqasida qaysi transport vositalarining haydovchilari qoidani buzib toʻxtadilar?
Javob variantlari
- Faqat «А»
- «А» va «Б»✓ Toʻgʻri javob
- Faqat «В»
- Faqat «Б»
- «Б» va «В»
Izoh
YHQ 13-bobi 88-bandining birinchi va uchinchi xatboshilariga asosan: Transport vositalariga yoʻlning oʻng tomoni yoqasida, u boʻlmaganda esa qatnov qismining chetida va ushbu Qoidalarning 89-bandida koʻrsatilgan hollarda trotuarda toʻxtash va toʻxtab turishga ruxsat etiladi. Ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan koʻp boʻlgan yuk avtomobillari bir tomonlama harakatli yoʻllarning chap tomonida faqat yuk ortish va tushirish uchun toʻxtashlari mumkin.
YHQ 13-bobi 89-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Transport vositalarini yoʻlning qatnov qismida bir qator qilib, qatnov qismi chetiga parallel ravishda kajavasi boʻlmagan ikki gʻildirakli transport vositalarini ikki qator qilib qoʻyishga ruxsat etiladi.
«Toʻxtash va toʻxtab turish qoidalari 1» mavzusidagi boshqa savollar
- Haydovchi oʻz joyidan ketishi yoki transport vositasini qoldirishi mumkin, agar:
- Shu joyda toʻxtab turishga ruxsat etiladimi?
- Bu joyda toʻxtash mumkinmi?
- Belgilangan yoʻnalishdagi transport vositalari yoki taksilarning toʻxtab turish maydonchalaridan ular boʻlmagan hollarda, (yoʻnalishli transport vositalari harakatiga xalaqit bermasa) belgi koʻrsatkichlaridan qanday masofada toʻxtash va toʻxtab turish taqiqlanadi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.