Toʻxtash va toʻxtab turish qoidalari 1 · 24-bilet, 4-savol
Haydovchi oʻz joyidan ketishi yoki transport vositasini qoldirishi mumkin, agar:
Javob variantlari
- U transport vositasining oʻz-oʻzidan harakatlanishi yoki undan haydovchi yoʻq vaqtda foydalanishga yoʻl qoʻymaydigan zaruriy choralarni koʻrgan boʻlsa✓ Toʻgʻri javob
- U yurgizgichni oʻchirgan va avtomobilning toʻxtab turish tormoz tizimini ulagan boʻlsa
- U yurgizgichni oʻchirgan va orqaga siljib ketishga qarshi xavfsizlik buferini oʻrnatgan boʻlsa
Izoh
YHQ 13 – bobi 95 – bandiga asosan: Transport vositasining oʻz – oʻzidan harakatlanib ketishini yoki oʻzi yoʻqligida undan foydalanishni istisno qiladigan zarur ehtiyot choralarini koʻrgandan keyingina haydovchi oʻz joyini tashlab ketishi yoki transport vositasini qoldirishi mumkin.
«Toʻxtash va toʻxtab turish qoidalari 1» mavzusidagi boshqa savollar
- Shu joyda toʻxtab turishga ruxsat etiladimi?
- Bu joyda toʻxtash mumkinmi?
- Belgilangan yoʻnalishdagi transport vositalari yoki taksilarning toʻxtab turish maydonchalaridan ular boʻlmagan hollarda, (yoʻnalishli transport vositalari harakatiga xalaqit bermasa) belgi koʻrsatkichlaridan qanday masofada toʻxtash va toʻxtab turish taqiqlanadi?
- Yuk avtomobil haydovchisiga bu joyda toʻxtashga ruxsat etiladimi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.