Harakatlanish taqiqlanadigan vaziyatlar · 6-bilet, 16-savol

Sanab oʻtilgan sharoitlarning qaysi birlarida transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi?

Javob variantlari

  1. Oyna tozalagichlar belgilangan tartibda ishlamaydi
  2. Ishlab chiqargan korxona tomonidan koʻzda tutilgan orqa himoya vositasi loytoʻsgich va sachratmagichlar boʻlmasa
  3. Sanab oʻtilgan hamma sharoitlarda✓ Toʻgʻri javob
  4. Ishlatib boʻlingan gazlarni chiqarib yuborish tizimi nosoz

Izoh

YHQ 3-ilovasi “Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlar”, 4-boʻlimining 4.1-bandiga asosan: Oyna tozalagich belgilangan tartibda ishlamayotgan boʻlsa, 6-boʻlimining 6.3-bandiga asosan: ishlab chiqarilgan gazlarni chiqarib tashlash tizimi buzuq boʻlsa, 7-boʻlimining 7.7-bandiga asosan: transport vositasi konstruksiyasida koʻzda tutilgan orqa himoya vositasi, loy toʻsgich va sachratmagichlar boʻlmasa transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.
Shunga koʻra, sanab oʻtilgan barcha sharoitlarda transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.

«Harakatlanish taqiqlanadigan vaziyatlar» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish