Svetofor ishoralari · 37-bilet, 9-savol
Ushbu yoʻl belgisi chorrahalarda oʻngga burilayotgan relssiz transport vositalariga svetoforning qaysi ishorasida harakatlanishga ruxsat etiladi?
Javob variantlari
- Yashil ishora
- Koʻrsatilgan barchasi✓ Toʻgʻri javob
- Sariq ishora
- Qizil ishora
Izoh
YHQga 1-ILOVA 5.42 bandiga asosan: 5.42. «Qizil chiroqda oʻngga harakatlanish». Transport svetofori qizil chirogʻining oʻng yoniga 5.42 yoʻl belgisi oʻrnatilgan boʻlsa, transport vositalarining haydovchilari svetoforning taqiqlovchi ishorasi yonib turganda, barcha xavfsizlik choralarini koʻrgan holda oʻngga burilishlari mumkin. Bunda ular harakat yoʻnalishi boʻyicha va burilayotgan koʻchani kesib oʻtayotgan piyodalarga hamda boshqa transport vositalariga yoʻl berishlari shart.
Savoldagi belgilar
Har bir belgi haqida batafsil: nimani anglatadi, qayerda oʻrnatiladi va haydovchi nima qilishi kerak.
«Svetofor ishoralari» mavzusidagi boshqa savollar
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.
