Haydovchining umumiy vazifalari · 37-bilet, 10-savol

Reaksiya va diqqatni pasaytiruvchi dori-darmonlar taʼsirida boʻlgan haydovchiga transport vositalarini boshqarishga ruxsat etiladimi?

Javob variantlari

  1. Taqiqlanadi✓ Toʻgʻri javob
  2. Agar haydovchining ishlagan davri 2 yildan ortiq boʻlsa, ruxsat etiladi
  3. Ruxsat etiladi

Izoh

YHQ 2-bobi 12-bandining birinchi xatboshisiga asosan, haydovchiga quyidagilar taqiqlanadi:
transport vositasini mastlik holatida (alkogol, giyohvand moddalar isteʼmol qilgan va h. k.), sezgirlik va eʼtiborni susaytiradigan dori-darmonlar taʼsirida, yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soladigan darajadagi charchoqlik va betoblik holatida boshqarish.

«Haydovchining umumiy vazifalari» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish