Svetofor ishoralari · 62-bilet, 1-savol
Qaysi yoʻnalishlarda sizga harakatni davom ettirishga ruxsat etiladi?
Javob variantlari
- Faqat chapga✓ Toʻgʻri javob
- Toʻgʻriga va chapga
- Chapga va orqaga qayrilib olishga
Izoh
YHQga 1-ILOVA 5.8.2 bandi va 5. Axborot-koʻrsatkich belgilarining 11-xatboshi hamda YHQning 7-bob. 32-band 1 va 2-xatboshiga asosan: 5.8.2. «Tasma boʻyicha harakatlanish yoʻnalishi». Tasma boʻyicha ruxsat etilgan harakatlanish yoʻnalishi. Boshqa yoʻnalishlar boʻyicha harakatlanish taqiqlanadi.
Yoʻlning chetki chap boʻlagidan chapga burilishga ruxsat beruvchi 5.8.1 va 5.8.2 belgilari shu tasmadan qayrilishga ham ruxsat beradi.
32. Yoʻnaltirgich koʻrinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari ham doirasimon shakldagi svetofor ishoralari bilan bir xil maʼnoga ega boʻladi. Ular faqat koʻrsatilgan yoʻnalishga taʼsir etadi.
Agar tegishli yoʻl belgisi bilan qayrilib olish taqiqlanmagan boʻlsa, chapga burilishga ruxsat beruvchi yoʻnaltirgich qayrilib olishga ham ruxsat beradi. Qoʻshimcha tarmoqdagi yashil yoʻnaltirgich ham xuddi shu maʼnoni bildiradi.
«Svetofor ishoralari» mavzusidagi boshqa savollar
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.