Harakatlanish taqiqlanadigan vaziyatlar · 37-bilet, 15-savol

Transport vositalaridan qanday sharoitlarda foydalanishga ruxsat etiladi?

Javob variantlari

  1. N2, N3 toifadagi transport vositalari shinalari protektori naqshining qoldiq balandligi 1,6 mm ni tashkil qiladi✓ Toʻgʻri javob
  2. M1 toifadagi avtotransport vositalarining oldingi oʻqiga ikkinchi klassdagi taʼmirlangan shinalar oʻrnatilgan
  3. Shinalarning ayrim joylarida kord koʻrinib qoladigan nuqsonlari bor

Izoh

YHQ 3-ilovasi “Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlar”, 5-boʻlimining 5.1-bandiga asosan: Shina protektori naqshlarining qoldiq balandligi N2, N3, O3, O4 toifadagi avtotransport vositalari uchun — 1,0 mm dan kam boʻlsa transport vositalaridan foydalanishni taqiqlanadi.
Shunga koʻra N2, N3 toifadagi transport vositalari shinalari protektori naqshning qoldiq balandligi 1,6 mm ni tashkil qilsa, bunday transport vositasidan foydalanish mumkin.

«Harakatlanish taqiqlanadigan vaziyatlar» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish