Transport vositalarining joylashuvi · 11-bilet, 17-savol
Uch boʻlakli boʻlgan ikki tomonlama harakatlanadigan yoʻllarda roʻparadagi harakat uchun moʻljallangan chetki chap boʻlakka oʻtishga ruxsat etiladimi?
Javob variantlari
- Quvib oʻtish uchun ruxsat etiladi
- Taqiqlanadi✓ Toʻgʻri javob
- Barcha hollarda ruxsat etiladi
Izoh
YHQ 10-bobi 66-bandiga asosan: Harakat ikki tomonlama boʻlgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yoʻl chizigʻi bilan belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yoʻllarda, ikki yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan oʻrta qatorga faqat quvib oʻtish, aylanib oʻtish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.
«Transport vositalarining joylashuvi» mavzusidagi boshqa savollar
- Koʻk avtomobilga qaysi yoʻnalishda harakatlanishga ruxsat etiladi?
- Burilish vaqtida qatnov qismining kesishmasidan chiqishda transport vositasi qayerda boʻlmasligi kerak?
- Koʻk avtomobilning haydovchisiga quvib oʻtishga ruxsat etiladimi?
- Aholi punktlarida relssiz transport vositalariga, agar bir yoʻnalishda uchta va undan ortiq harakatlanish boʻlagi boʻlganda, qaysi boʻlakdan harakatlanishga ruxsat etiladi? Yuk avtomobillari hisobga kirmaydi
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.