Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash · 27-bilet, 7-savol
N2, N3; O3; O4; M2; M3 toifadagi avtotransport vositalarining orqa devoriga yozilishi kerak?
Javob variantlari
- Yaxshi koʻrinadigan raqam belgisi✓ Toʻgʻri javob
- Transport vositasining tegishligi haqida taniqlik belgisi
- Taniqlik va raqam belgilari
Izoh
YHQ 29-bobi 175-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan: Yuk avtomobillari, tirkamalar (yengil avtomobillar tirkamalaridan tashqari) va avtobuslar (mikroavtobuslardan tashqari) kuzovining orqa devoriga uning davlat raqam belgisi va harflari yozilishi kerak. Raqamning balandligi 300 millimetr, kengligi 120 millimetr, chizigʻining yoʻgʻonligi 30 millimetrdan kam boʻlmasligi, harflar balandligi esa raqam oʻlchamlarining 2/3 qismiga teng boʻlishi kerak.
«Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash» mavzusidagi boshqa savollar
- Bolalarni tashishda transport vositasi qaysi taniqlik belgisi bilan belgilanadi?
- Qoida boʻyicha necha yoshdan boshlab yengil avtomobilni boshqarishga ruxsat etiladi?
- Kim oʻquv tashkilotlarida avtomototransport vositalarini boshqarishni oʻrgatish huquqiga ega?
- Transport vositasini boshqarishni oʻrgatayotgan shaxs haydovchi hisoblanadimi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.