Transport vositalarining joylashuvi · 6-bilet, 18-savol
Qaysi transport vositasining haydovchisi aholi punktlarida toʻxtash qoidasini buzmoqda?
Javob variantlari
- Sariq avtomobil haydovchisi
- Koʻk avtomobil haydovchisi
- Har ikkisi buzmadi✓ Toʻgʻri javob
- Har ikkisi buzdi
Izoh
YHQ 13-bobi 88-bandi: Aholi punktlarida oʻrtada tramvay yoʻli boʻlmagan, har yoʻnalishda bittadan tasmasi boʻlgan, Shuningdek, bir tomonlama harakat tashkil etilgan yoʻllarda yoʻlning chap tomonida toʻxtash va toʻxtab turishga ruxsat etiladi. YHQ 1 ilova: 7.18. “Nogironlar mustasno”. Belgilarning taʼsiri ushbu Qoidalarning 175-bandiga muvofiq “Nogiron” taniqlik belgisi oʻrnatilgan transport vositalariga joriy etilmaydi.
Savoldagi belgilar
Har bir belgi haqida batafsil: nimani anglatadi, qayerda oʻrnatiladi va haydovchi nima qilishi kerak.
«Transport vositalarining joylashuvi» mavzusidagi boshqa savollar
- Agar yoʻl belgilari va chiziqlari boshqa yoʻnalishni koʻrsatmagan boʻlsa, haydovchilar ajratuvchi boʻlagi boʻlmagan ikki tomonlama harakat tashkil etilgan yoʻllardagi xavfsizlik orolchalari, ustunchalar va yoʻl inshooti qismlari (koʻprik, yoʻl oʻtkazgich ustunlari va shunga oʻxshashlar)ni qaysi tomondan aylanib oʻtishlari kerak?
- Avtomobillar harakatlanayotgan qatnov qismida necha harakatlanish tasmasi bor?
- Harakat tezligi 40 km/soatdan oshmaydigan transport vositasiga qatnov qismining oʻng qatoridan chiqishga qachon ruxsat etiladi?
- Aholi yashash joylaridan tashqaridagi ikki tomonlama harakat tashkil etilgan ikki tasmali yoʻllarda tezligini soatiga 50 kilometrdan oshirishi mumkin boʻlmagan, shuningdek, uzunligi 7 metrdan ortiq boʻlgan transport vositalarining (transport vositalarining tarkibi) haydovchilari oʻzi va oldida harakatlanayotgan transport vositasi orasida qancha masofani saqlashlari kerak?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.
