Transport vositalarining joylashuvi · 16-bilet, 8-savol
Aholi yashash joylaridan tashqaridagi ikki tomonlama harakat tashkil etilgan ikki tasmali yoʻllarda tezligini soatiga 50 kilometrdan oshirishi mumkin boʻlmagan, shuningdek, uzunligi 7 metrdan ortiq boʻlgan transport vositalarining (transport vositalarining tarkibi) haydovchilari oʻzi va oldida harakatlanayotgan transport vositasi orasida qancha masofani saqlashlari kerak?
Javob variantlari
- Ularni quvib oʻtayotgan transport vositalari oldin egallagan qatoriga bemalol qayta tizilishi uchun imkon beradigan masofani saqlashlari kerak✓ Toʻgʻri javob
- Haydovchi oʻzidan oldinda harakatlanayotgan transport vositasi keskin tormoz berganda, toʻqnashib ketmaslik kafolatini beradigan darajadagi oraliq masofani
- 3 metr
- 5 metr
Izoh
YHQning 10-bob. 74-bandi 1-xatboshiga asosan: 74. Aholi yashash joylaridan tashqaridagi ikki tomonlama harakat tashkil etilgan ikki tasmali yoʻllarda tezligini soatiga 50 kilometrdan oshirishi mumkin boʻlmagan, shuningdek, uzunligi 7 metrdan ortiq boʻlgan transport vositalarining (transport vositalarining tarkibi) haydovchilari oʻzi va oldida harakatlanayotgan transport vositasi orasida, ularni quvib oʻtayotgan transport vositalari oldin egallagan qatoriga bemalol qayta tizilishi uchun imkon beradigan masofani saqlashlari kerak.
«Transport vositalarining joylashuvi» mavzusidagi boshqa savollar
- Ushbu avtomobil qaysi yoʻnalishlarda harakatlanishga ruxsat beriladi?
- Harakat tezligi 40 km/soatdan oshmaydigan transport vositasiga qatnov qismining oʻng qatoridan chiqishga qachon ruxsat etiladi?
- Qaysi transport vositasi toʻgʻri harakatlanmoqda?
- Avtomobillar harakatlanayotgan qatnov qismida nechta harakatlanish tasmasi bor?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.