Transport vositalarining joylashuvi · 56-bilet, 12-savol
Agar yoʻl belgilari va chiziqlari boshqa yoʻnalishni koʻrsatmagan boʻlsa, haydovchilar ajratuvchi boʻlagi boʻlmagan ikki tomonlama harakat tashkil etilgan yoʻllardagi xavfsizlik orolchalari, ustunchalar va yoʻl inshooti qismlari (koʻprik, yoʻl oʻtkazgich ustunlari va shunga oʻxshashlar)ni qaysi tomondan aylanib oʻtishlari kerak?
Javob variantlari
- Faqat chap tomondan aylanib oʻtishlari kerak
- Faqat oʻng tomondan aylanib oʻtishlari kerak✓ Toʻgʻri javob
- Har ikkala tomondan aylanib oʻtishlari kerak
Izoh
YHQning 10-bob. 76-bandga asosan: 76. Agar yoʻl belgilari va chiziqlari boshqa yoʻnalishni koʻrsatmagan boʻlsa, haydovchilar ajratuvchi boʻlagi boʻlmagan ikki tomonlama harakat tashkil etilgan yoʻllardagi xavfsizlik orolchalari, ustunchalar va yoʻl inshooti qismlari (koʻprik, yoʻl oʻtkazgich ustunlari va shunga oʻxshashlar)ni oʻng tomondan aylanib oʻtishlari kerak.
«Transport vositalarining joylashuvi» mavzusidagi boshqa savollar
- Avtomobillar harakatlanayotgan qatnov qismida necha harakatlanish tasmasi bor?
- Harakat tezligi 40 km/soatdan oshmaydigan transport vositasiga qatnov qismining oʻng qatoridan chiqishga qachon ruxsat etiladi?
- Aholi yashash joylaridan tashqaridagi ikki tomonlama harakat tashkil etilgan ikki tasmali yoʻllarda tezligini soatiga 50 kilometrdan oshirishi mumkin boʻlmagan, shuningdek, uzunligi 7 metrdan ortiq boʻlgan transport vositalarining (transport vositalarining tarkibi) haydovchilari oʻzi va oldida harakatlanayotgan transport vositasi orasida qancha masofani saqlashlari kerak?
- Ushbu avtomobil qaysi yoʻnalishlarda harakatlanishga ruxsat beriladi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.