Haydovchining umumiy vazifalari · 5-bilet, 9-savol

Qaysi rasmda piyodalar qoidani buzmay harakatlanmoqda?

Qaysi rasmda piyodalar qoidani buzmay harakatlanmoqda?

Javob variantlari

  1. Chapdagi rasmda
  2. Ikkala rasmda
  3. Oʻngdagi rasmda✓ Toʻgʻri javob

Izoh

YHQning 4-bob. 15-band 1 va 3-xatboshiga asosan: 15. Piyodalar trotuarlardan, piyodalar yoʻlkalaridan, piyoda va velosiped yoʻlkalaridan, ular boʻlmaganda esa yoʻl yoqalaridan harakatlanishi kerak. Hajmi katta yuklarni olib ketayotgan piyodalar, shuningdek, nogironlarning dvigatelsiz aravachasida harakatlanayotgan shaxslarning trotuarlar yoki piyodalar yoʻlkalaridan harakatlanishi boshqa piyodalarning harakatlanishiga xalaqit berayotgan boʻlsa, ular qatnov qismining chetidan harakatlanishi mumkin.
Qatnov qismi chetida harakatlanayotgan piyodalar transport vositalarining harakatlanishiga qarama-qarshi yoʻnalishda yurishlari kerak. Nogironlarning dvigatelsiz aravachasida harakatlanayotgan, mototsikl, elektromototsikl, moped, skuter, velosiped va individual harakatlanish vositalarini yetaklab ketayotgan shaxslar esa bunday hollarda transport vositalarining harakatlanish yoʻnalishi boʻylab yurishlari kerak.

«Haydovchining umumiy vazifalari» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish