Haydovchining umumiy vazifalari · 47-bilet, 1-savol
Mexanik transport vositasining egasi yonida haydovchilik guvohnomasi boʻlmaganida qanday hujjat bilan boshqarishga ruxsat etiladi?
Javob variantlari
- ID karta
- Biometrik passport
- Egalik huquqi
- Barcha javoblar toʻgʻri
- Birinchi va ikkinchi javoblar toʻgʻri✓ Toʻgʻri javob
Izoh
YHQning 2-bob. 7-band 17-xatboshiga asosan: Mexanik transport vositasi haydovchisining yonida Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari yoxud konsullik muassasalari tomonidan berilgan biometrik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi mavjud boʻlgan taqdirda, uning transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjati, transport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi, shuningdek transport vositasiga egalik qilish, egasi yoʻqligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (yuridik shaxs tomonidan berilgan transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnoma yoki yoʻl varaqasi, tashilayotgan yukning hujjatlar bundan mustasno), transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi haydovchidan talab etilmaydi.
«Haydovchining umumiy vazifalari» mavzusidagi boshqa savollar
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.