Haydovchining umumiy vazifalari · 36-bilet, 5-savol
Qaysi rasmda piyodalarning tashkiliy jamlanmasi yoʻlning qatnov qismida qoidani buzmay harakatlanmoqda?
Javob variantlari
- 1,2
- 2
- 1✓ Toʻgʻri javob
Izoh
YHQ 4-bobi 16-bandiga asosan: Piyodalarning tashkiliy jamlanmasiga yoʻlning qatnov qismida bir qatorda toʻrt kishidan ortiq boʻlmasdan, faqat transport vositalarining harakat yoʻnalishi boʻylab oʻng tomondan harakatlanishga ruxsat etiladi. Jamlanmaning oldi va orqasida chap tomondan qizil bayroqcha, sutkaning qorongʻi vaqtida yoki yetarlicha koʻrinmaslik sharoitida esa oldinda oq, orqada qizil rangli chiroq koʻtargan kuzatuvchilar boʻlishi shart. Bolalar guruhini trotuarlar va piyodalar yoʻlkalaridangina, ular boʻlmaganda esa yoʻl yoqasidan faqat sutkaning yorugʻ vaqtida va katta yoshdagilar kuzatuvida olib yurishga ruxsat etiladi.
«Haydovchining umumiy vazifalari» mavzusidagi boshqa savollar
- Mexanik transport vositasining egasi yonida haydovchilik guvohnomasi boʻlmaganida qanday hujjat bilan boshqarishga ruxsat etiladi?
- Moped haydovchisi majbur:
- Individual harakatlanish vositalarini necha yoshdan boshqarishga ruxsat beriladi?
- Velosipedchilarga velosiped yoʻlkasi boʻlganda qatnov qismidan harakatlanishga ruxsat etiladimi?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.