Ogohlantiruvchi va avariya ishoralari · 36-bilet, 20-savol
Haydovchi aholi punktlaridan tashqaridagi yoʻlda quvib oʻtilayotgan haydovchining eʼtiborini jalb etish uchun faralar chiroqlarini oʻchirib yoqish va tovush ishorasi berishni qoʻllab toʻgʻri qildimi?
Javob variantlari
- Toʻgʻri✓ Toʻgʻri javob
- Notoʻgʻri
Izoh
YHQ 8-bobi 48 - 49 - bandlariga muvofiq, aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib oʻtish haqida ogohlantirish uchun tovushli ishoralar qoʻllanilishi mumkin. Quvib oʻtish haqida tovushli ishora oʻrniga yoki u bilan birga chiroqlarni yoqib-oʻchirib, ogohlantirish ishorasini ham berish mumkin.
«Ogohlantiruvchi va avariya ishoralari» mavzusidagi boshqa savollar
- Quvib oʻtishda faralarning uzoqni yorituvchi chiroqlaridan ogohlantiruvchi ishora sifatida foydalanish mumkinmi?
- Haydovchi manevrni bajarishda burilish koʻrsatkichlari bilan yorugʻlik ishorasini har doim berishi kerakmi?
- Koʻk avtomobil chorrahani kesib oʻtadi:
- Qoʻl bilan beriladigan ogohlantiruvchi ishora qoidalarga muvofiq qachon tugallanishi mumkin?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.