Toʻxtash va toʻxtab turish qoidalari 1 · 40-bilet, 16-savol

Qaysi transport vositasining haydovchisi toʻxtab turish qoidasini buzdi?

Qaysi transport vositasining haydovchisi toʻxtab turish qoidasini buzdi?

Javob variantlari

  1. Koʻk avtomobilning haydovchisi
  2. Qizil avtomobilning haydovchisi
  3. Har ikki haydovchi buzdi✓ Toʻgʻri javob
  4. Har ikki haydovchi ham buzmadi

Izoh

Yoʻl harakati qoidalarining 91 bandiga asosan, quyidagilarda toʻxtash taqiqlanadi: qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 30 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishadigan chorrahalarda yondan tutashgan yoʻlning sidirgʻa chiziq yoki ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno).
YHQ 1-ilovasining 3-boʻlimidagi 3.28 belgiga asosan, «Toʻxtab turish taqiqlangan». Transport vositalarining toʻxtab turishi taqiqlanadi (xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli boʻyoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno).

Savoldagi belgilar

Har bir belgi haqida batafsil: nimani anglatadi, qayerda oʻrnatiladi va haydovchi nima qilishi kerak.

«Toʻxtash va toʻxtab turish qoidalari 1» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish