Haydovchining umumiy vazifalari · 48-bilet, 8-savol
Yuk avtomobili haydovchisi rasmda koʻrsatilgan holatda maxsus tovush ishorasini eshitib yoki miltillovchi ishorani koʻrib nima qilishi kerak?
Javob variantlari
- Qatnov qismidagi oʻz boʻlagi boʻylab harakatni davom ettirish
- Haydovchi maxsus tovushli ishoralarini yoqqan holda yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga yoʻl berishlari, zarur boʻlgan hollarda ularning toʻsiqsiz oʻtib ketishlari uchun oʻzlarini yoʻlning oʻng tomoniga olib toʻxtashlari shart✓ Toʻgʻri javob
Izoh
YHQ 6-bobi 26-bandiga asosan, haydovchilar tezkor va maxsus xizmatlarning koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan holda yaqinlashayotgan transport vositalariga, shuningdek ularning kuzatuvidagi, yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilgan transport vositasi (transport vositalari)ga yoʻl berishlari shart. Mazkur turdagi transport vositalarini quvib oʻtish taqiqlanadi.
«Haydovchining umumiy vazifalari» mavzusidagi boshqa savollar
- Tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari yoʻl harakatining boshqa qatnashchilariga nisbatan imtiyozga ega boʻlishi uchun:
- Koʻk rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalari va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan maxsus transport vositasi chorrahani nechanchi boʻlib kesib oʻtadi?
- Piyodalarga yoʻlni piyodalar oʻtish joyidan tashqarida kesib oʻtishga ruxsat etiladimi?
- Qaysi javobda yoʻlovchilar uchun chiqish va tushish maydonchasi boʻlmagan sharoitdagi joylar toʻliq koʻrsatilgan?
«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.