Yoʻnalishli transport vositalarining imtiyozlari · 45-bilet, 15-savol

Oʻngga burilganda shu belgi bilan belgilangan boʻlakka oʻtishga ruxsat etiladimi?

Oʻngga burilganda shu belgi bilan belgilangan boʻlakka oʻtishga ruxsat etiladimi?

Javob variantlari

  1. Agar boʻlak qolgan harakat qismidan yotiq uzluksiz chiziq bilan ajratilmagan boʻlsa, ruxsat etiladi✓ Toʻgʻri javob
  2. Ruxsat etiladi
  3. Taqiqlanadi

Izoh

YHQ 22- bobi 132- bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilariga asosan: Agar 5.9 yoʻl belgisi bilan belgilangan tasma qatnov qismining boshqa tasmalardan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan boʻlsa, burilmoqchi boʻlayotgan transport vositalari bu tasmaga qayta tizilishlari kerak. Shuningdek, bunday joylarda yoʻnalishli transport vositalarining harakatiga xalaqit bermaslik sharti bilan yoʻlga chiqish, qatnov qismining chetki oʻng tomonida yoʻlovchilarni chiqarish va tushirish uchun bu boʻlakka oʻtishga ruxsat etiladi.

Bu holda, agar yoʻlning bu qismi boshqa qismidan uzluksiz chiziq bilan ajratilmagan boʻlsa, transport vositalari burilish paytida ushbu yoʻl boʻlagiga qayta joylashishi kerak.

«Yoʻnalishli transport vositalarining imtiyozlari» mavzusidagi boshqa savollar

Mavzuning barcha savollari

«Svetofor» avtomaktabi: B toifa kursi — 6,5 mln soʻm, 2,5 oy · Toshkentda 10 ta filial · bosh ofis — Mirobod tumani.

Qoʻngʻiroq qilish